• Kalit so’zlar
  • Xudayberganova Shoira Nurimmatovna




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Xudayberganova Shoira Nurimmatovna
    Yangibozor tumani 11-son maktab o‘qituvchisi
    Telefon: +998 (94) 233 80 40
    xn.shoirabonu_8040@inbox.uz
    Annotatsiya:
    Ushbu maqola muammoli ta’limning o’ziga xos jihatlari hamda kreativlikni 
    rivojlantirish haqida.
    Kalit so’zlar:
    Muammoli ta’lim, reproduktiv, ilmiy-izlanishli metodlari, kreativ ta’lim, sgeato, 
    kreativ pedagogika.
    Muammoli ta’lim sohasida qalam tebratgan M.I.Mahmudov, M.N.Skatkin, A.M.Matyugikven, 
    I.Ya.Larner kabi olimlarning xulosalariga ko`ra quyidagi metodlarni keltirish mumkin:
    - Tushuntirish, namoyish etish, Reproduktiv, Muammoli bayon qilish, Ilmiy-izlanishli 
    metodlari mavjud.
    Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ta’lim sifati va samaradorligini 
    oshirishda muammoli o`qitish metodlari juda zarur va kerak.
    Chunki muammoli ta’lim o`quvchini izlanishga, ijodkorlikka, erkin fikrlashga o`rgatadi. O`-
    quvchida bunday sifatlarning shakllanishi, o`quv-|biluv mas’uliyatini oshiradi, mustaqil bilim 
    olish uning kundalik odatiy holatiga aylanadi. Bu esa ta’lim mazmunini, yangi dastur va stand-
    artlarni o`zlashtirib olishga kafolat. Bo`ladi.
    Kreativ ta’lim o`quvchining ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi. 
    Ayniqsa muammoli, loyihalashtirilgan va jadallashtirilgan ta’limlarning qo`llanishi o`quvchida 
    yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini o`sishiga olib keladi.
    An’anaviy shaklda olib boriladigan ta’lim o`quvchiga ilgaritdan ma’lum axborot, bilim, 
    tushuncha, ko`nikma va malakalarni berish bilan chegaralanadi.
    Lekin kreativ oriyentatsiyadagi darslar jarayonida qabul qiluvchi ob’ektdan ijodkor (kreativ) 
    sub’ektga aylanadi. Predmetni (tomoni, mazmuni) o`zlashtiruvchi o`ziga nisbatan yaratuvchanlik 
    bilan yondoshish asosida o`zlashtirib oladi. Har bir faktik materialga ijodiy va tanqidiy karay oladi. 
    Olinayotgan o`quv materiali unga yangicha qarash, qo`shimcha materiallarni olish, o`zlashtirishga 
    yo`l ochadi. Ko`pincha bunday hollar o`zlashtirishga evristik yondashuvni shakllantiradi.
    Bu esa mutaxassislarni kelajakda olgan bilim, ko`nikmasining faqat ijrochisigina bo`lib qolmay, 
    balki o`z kasbiy faoliyatiga ijodkorlik, yaratuvchanlik asosida qarashga olib keladi.
    Hozirgi kun ta’lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni 
    va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va tayyorlashdan iborat.
    Sir emaski, mamlakat taraqqiyotida texnologiya, xom ashyo, jihozlar, energo resurslar, 
    ekologik o`zgarishlar borgan sari globallashib, uning boshqaruvchisidan yuksak mahorat egasi 
    bo`lishni talab etmokda. Umuman ta’lim tizimida ham uning dasturlari, mazmuni, standartlari 
    takomillashib bormoqda. Bunday tezkor o`zgarishlar bilim olishning yangi texnologiyalari, 
    masofaviy, loyihalangan ta’lim, media ta’limini, ya’ni shaxsiy ijodkorlikka asoslangan ta’limni 
    joriy qilish ehtiyojini keltirib chiqarmokda.
    Kreativ ta’limning maqsad va vazifalari
     
    hozirgi mavjud ta’lim asosan ilgaridan mavjud bo`lgan 
    an’anaviy didaktikaga asoslangan, ya’ni o`quv jarayonida ilgaridan fanga ma’lum bo`lgan bilimlarni 
    o`qitish, o`rgatish etkazish bilan xarakterlanadi. O`qituvchi ilgaridan ma’lum reproduktiv faoliyatni 
    olib boradi. Bu esa asosan o`quvchining ta’lim mazmunini yodlab olishi, qayta takrorlab berishi 
    bilan cheklanadi. Ya’ni, ta’lim ilgaridan ma’lum predmet ”avval hunar o`rgat, keyin shogird o`z 
    xohishicha nimani ijod kilsa -qilaversin” yo`sinida ish tutish rasm bo`lgan.
    Bunday holda bilim olish konsepsiyasi to`rt bosqichda amalga oshiriladi:
    - Bilim bilan tanishish, ma’lum axborotni tushunib olish, voqealarni bir-biridan ajrata 
    olish;
    - Bilimdan nusxa olish, olgan bilimlarini takrorlash;


    93

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish