• Kalit so‘zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ERTAK TAHLILNI O’TKAZISH 
    O‘ktamova Gulbahor Nu’monovna 
    O‘zbekiston tumani XTB metodisti,
    Tel: +99891 688-02-88
    Ishanqulova Hanifaxon
    O‘zbekiston tumani
    23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
    Annotatsiya:
    maqolada xalq og‘zaki poetik ijodi janrlaridan biri bo‘lgan ertaklarni boshlang‘ich 
    sinflarda o‘qitish orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari 
    yoritilgan.
    Kalit so‘zlar
    : o‘qish darsi, ertak janri, adabiy ta’lim, ifodali o‘qish, og‘zaki nutqni o‘stirish, 
    yozma nutqni va savodxonlikni rivojlantirish.
    Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘qishlari va xulq-odoblariga ko‘proq e’tibor berish, 
    ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shunday ekan, 
    boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan har bir dars, ayniqsa, o‘qish darslari juda muhim. Boshlang‘ich 
    sinflarda o‘qish darslarini tashkillash va olib borish o‘qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. 
    Chunki yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularda shaxslik sifatlarini shakllantirib 
    borish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat kabi tuyg‘ularni tarbiyalash bugungi 
    ta’lim-tarbiya masalasining dolzarb vazifasidir. Shu sababli umumta’lim maktablarida o‘qish 
    darslariga alohida e’tibor beriladi. O‘qish darslarida asosan, darslikda adabiy matnlar bilan bir 
    qatorda tarix, geografiya, odobnoma kabi fanlarga oid matnlar ham beriladi. Chunki o‘quvchilarga 
    adabiy matnlar mazmun-mohiyatini tushuntirishda tasavvurlarini, dunyoqarashlarini kengaytirish, 
    so‘z boyligini oshirish, yaxshini yomondan ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirish, ularning 
    tuyg‘ularini tarbiyalash zarur. Adabiy ta’limda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining: 
    a) bexato, ravon, ifodali o‘qishlari; 
    b) o‘qiganlarini tushunish, tushunganlarini tushuntira olishi; 
    v) ular asosida og‘zaki nutqni o‘stirish; 
    g) yozma nutqni va savodxonlikni rivojlantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Boshlang‘ich 
    sinflarda, asosan, o‘qilgan matnlardan didaktik xulosalar chiqarsh muhim sanaladi. Sinf 
    o‘quvchilarining saviyasi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra 3-4-sinflarda matnlarni didaktik tahliliga 
    keng o‘rin berish mumkin, shuningdek, estetik tahlil unsurlarini ham kiritsa bo‘ladi. Bu sinflarda 
    she’rlar qofiyasini topish, qofiyaning she’r musiqiyligini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor 
    berish, so‘z o‘yinlariga diqqat qaratish estetik tahlil chizgilari deyish mumkin. 
    O‘qish darsligida “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” (2-sinf) rukni ostida berilgan ertaklarda ham 
    didaktik tahlilga keng o‘rin berish lozim. Masalan, “Tansihatlik – tuman boylik”, “Kenja o‘g‘il”, 
    “Eng yaxshi sovg‘a”, “Aqlli bola”, “Hakka bilan tulki” (o‘zbk xalq ertaklari), “Tulki va xo‘roz” 
    (eron xalq ertagi), “Somon, cho‘g‘ va loviya” (Aka-uka Grimmlar) kabi ertak qahramonlari orqali 
    va ularning qilgan ishlari asosida ibratli xulosalar chiqarishga o‘rgatish zarur. Aslida, ertaklar xalq 
    og‘zaki ijodi janrlari hisoblanadi. Olim D.Quronovning fikricha, “Ertak – xalq og‘zaki ijodidagi 
    epik janr, cho‘pchak. Ertak barcha xalqlar og‘zaki ijodida qadimdan shakllangan va faol janrlardan 
    sanaladi. Ertaklar, asosan, nasrda yaratilib, syujeti asosida sehrli-fantastik, sarguzasht yoki maishiy 
    xarakterdagi voqealar yotadi, voqealar bayoni va talqinda ijodiy fantaziya, to‘qima salmoqli o‘rin 
    tutadi”. [1:375] Ko‘rinadiki, xalq og‘zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri 
    ertaklardir. Xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti chetlab 
    o‘tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus ertaklar yaratilgan. Ertakning 
    muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, 
    urf-odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib 
    kelishidadir. Ertaklar insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan 
    bo‘lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ziga dushman bo‘lgan kuchlarga qarshi kurashda 
    doimo g‘olib chiqadi. [2:33]
    O‘zbek xalq ertaklaridan biri “Kenja o‘g‘il” ertagida otaning o‘g‘illariga har bir shahardan 
    do‘st orttirishini o‘sha shaharlarda qo‘rg‘on qurishiga o‘xshatadi. Ha, albatta, bejizga xalqimiz 


    88

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish