• Annotatsiya
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Microsoft Excel 2010 dasturi.
    2. https://kopilkaurokov.ru/informatika/uroki/microsoft_excel_dasturi_haqida_umumiy_malu-
    motlar


    83
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    O‘QISH DARSLARIDA VATANPARVARLIK MAVZUSIDAGI MATNLAR BILAN 
    ISHLASH 
    Isaqova Muattarxon Mamurjon qizi
    Qo‘qon shahar 36- maktabining
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
    e-mail:isaqovamuattar@gmail.com
    Annotatsiya:
    maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qish darslarida vatanparvarlik mavzusidagi 
    matnlar ustida ishlash va uning yo‘llari xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.
    Kalit so‘zlar: 
    matnlar, mazu, milliy g‘urur, ma’rifat, vatanparvarlik
    Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo‘lib, 
    uni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarimizga tariximizni, o‘tmishimizni o‘rgatish, tabiatni asrash, 
    qadrlash tushunchalarini shakllantirish orqali ona –Zamin va vatanga muhabbat his-tuyg‘ularini 
    uyg‘otishdir. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari uchun mo‘ljllangan “O‘qish” kitobi darsligida turli 
    ilmiy-ommabop maqolalar, adabiy asarlar berilgan bo‘lib, ular mazmun mohiyatiga ko‘ra kat-
    ta-katta bo‘limlarga ajratilgan. Har bir yirik bo‘lim o‘z ichiga janriy jihatdan har xil, g‘oyaviy 
    mushtarak bo‘lgan adabiy matnlarni qamrab oladi. Masalan 1-4-sinf darsligidagi vatanni madh 
    etuvchi, kichik yoshdagi o‘quvchi shaxsida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiruvchi “O‘zbekis-
    ton – vatanim mening”, “Biz – buyuklar avlodi”, “Ona yurtim- oltin beshigim”, “Ona bitta – vatan 
    yagona”, “Istiqlolim - istiqbolim”, “Ulug‘lardan o‘rganmoq – oqillik” kabi bo‘limlar berilgan 
    bo‘lib, bo‘lim ona vatan, uning boyliklari, Vatanimiz tarixi, buguni va kelajagi, yurt oldidagi far-
    zandlar burchi kabilarni yoritib bergan asarlarni o‘z ichiga oladi.
    Bu bo‘limlardagi adabiy matnlar Vatan tushunchasini kichik maktab yoshidagi bolada paydo 
    qilish, unda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, o‘z ona yurti bilan faxrlanishi, tug‘ilib o‘sgan 
    joyi Vatani ekanligini tushuntirish, iftixor tuyg‘usini shakllantirish, o‘tmishi, tarixini bilish, 
    ajdodlari ularning Vatan uchun qilgan mardonavor harakatlarini o‘rgatadi. 
    1-sinf “O‘qish kitobi”ga kiritilgan Vatanni madh etuvchi va o‘quvchilarda ilk vatanparvarlik 
    xislatlarini shakllantiruvchi asarlar she’r va kichik matnlar shaklida kiritilgan. Berilgan adabiy 
    matndan so‘ng topishmoq va mavzuni to‘ldirishga, yoritishga xizmat qiluvchi maqol hamda 
    o`gitlar berilgan. 
    Darslik boshida epigraf tarzida berilgan yurtboshimizning “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra 
    kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” degan gaplari endigina savoddan chiqqan 
    o‘quvchi qalbida ona-Vatan oldidagi burchini anglashga va yaxshi o‘qib davlatimiz rahbarini, 
    ishonchini oqlashga undaydi va shu bilan birga uni butun bir mamlakat ishonch va yuksak orzular 
    bilan kutayotganini his qilgan holda, jamiyat uchun naf keltiradigan o‘z bilimi va qudrati bilan 
    davlatimizni jahon mamlakatlari sirasida nufuzini yanada oshirishga da`vat etadi
    2-sinf “O‘qish kitobi” dagi “Ona yurtim – oltin beshigim” bo‘limi 1-sinfdagi “O‘zbekiston 
    – mening Vatanim” bo‘limini davomisi sifatida o‘qitiladi. Bu bo‘limda o‘n beshta adabiy matn: 
    she’r, hikoya, qissa, kichik ilmiy-ommabop matn bo‘lib, ularni o‘rganish va o‘qitish janrlarini 
    o‘qitish metodikasi asosida amalga oshiriladi.
    3-sinf “O‘qish kitobi” darsligida vatanparvarlik ruhidagi matnlar “Ona bitta – Vatan yagona”, 
    “O‘tmishdan o‘rganish burchimiz”, “Vatan posbonlari” bo`limlariga kiritilgan bo‘lib, ularni 
    o‘qitishni to‘g‘ri amalga oshirish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda vatanparvarlik xislatini 
    shakllantirish, milliy iftixor, g‘urur tuyg‘usini uyg‘otish, yashayotgan ona zaminini oltinga teng 
    boyliklarini qadrlash, boy tarixi, yengilmas va dono ajdodlarini bilish orqali o‘zligini anglash kabi 
    muhim masalalarni yaxshi natija bilan hal qilishligiga olib keladi.
    Darslikdagi Vatan, vatanparvarlik ruhidagi adabiy matnlar ilmiy-ommabop asarlar, she’rlar, 
    hikoya janridagi asarlar orqali yoritilgan. Bu mavzudagi ilmiy-ommabop asarlar o‘quvchilarning 
    tarixiy voqealar va sanalar haqidagi, o‘tmishimiz va hozirgi taraqqiyotimiz haqidagi tushunchalarini 
    boyitadi. Bu jihatdan ular shaxs tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi.
    4-sinflarda adabiy matnlarni o‘qitish boshlang‘ich ta’limning quyi bosqichlari – 
    1-,2-,3-sinflardagiga nisbatan yengilroq bo‘lib, unda yangi pedagogik texnologiyalarni bemalol 
    qo`llash imkon juda katta bo‘ladi. Chunki bolada 4-sinfga kelib Vatan haqidagi tasavvur 
    shakllangan, Ma`lum darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega. Vatanparvarlik tuyg‘usini his 


    84

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish