Май 2021 10-қисм Тошкент Pedagoglarda ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan g’oyalar bilan ta’minlashdan avval amaliyot
asosida aniqlangan ehtiyoj bo’lishi kerak. O’qituvchi mehnatini o’rganish jarayonida qator shart
sharoitlarga rioya qilish ko’zda tutiladi. Nafaqat o’qituvchilik kasbida uzoq o’tmish tajribalaridan
foydalanish darkor, balki o’qituvchi kasbiy rivojlanishining eng yaqin va olis istiqbollarini ham
belgilash zarur.
Bu o’qituvchining ta’lim–tarbiya jarayonida paydo bo’ladigan muammosi aynan nimadan
iboratligini va uning sababi aynan nima ekanligini aniqlash, sabab va oqibatlarini pedagogik
qiyinchilik oqibati bilan qorishtirmaslikka imkon beradi. Bunda pedagogik tashxislashning
o’qituvchi kasbiy faoliyatini tezkor korreksiyalash imkoniyatini beradigan o’ziga xos jihatlari
namoyon bo’ladi.
O’qituvchining o’z potensial imkoniyatlarini baholash diagnostika davomida har qanday
holatda ham e’tiborga olinishi lozim, unga ishonch bildirish kerak, uning kasbiy faoliyatiga bahoni
oshirib yoki pasaytirib qo’yish o’qituvchi kasbiy rivojlanishini to’xtatib qo’yishi mumkin. Ushbu
o’qituvchining individual rivojlanish mantiqini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. O’qituvchining
yutuqlarini boshqa o’qituvchilarning yutuqlari bilan emas, balki o’zining oldingi yutuqlari bilan
ham taqqoslash kerak.
Xulosa qilib aytilganda, ta’lim samaradorligini oshirishda o’qituvchi tomonidan o’z kasbiy
faoliyati natijalarini anglab yetishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada
takomillashgan usullarini izlash va ularni o’zlashtirish zaruriyatini ta’minlaydi.
71
Май 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATUVCHI MASHQLAR Egamberdiyeva Mahzuna Komilovna Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 1-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
tel:+99 895 0081070
Annotatsiya: maqolada boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatini
o’stirishda mashqlarning ahamiyati va ularni o’rgatish usullari yoritilgan.