|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismKalit so‘zlar:
mashq, mustaqil fikr, savod o’rgatish, ijodiy mashq
.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi - o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini
anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy
kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni
(fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish hamda ona
tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni
rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, adabiy nutq me’yorlariga
og‘zaki va yozma nutqida rioya qilishni shakllantirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’lim mazmuni quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Amaliy fonetika va grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbegacha tayyorlov va alifbe davriga ajratiladi.
Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib tovush usulida amalga
oshiriladi. Bunda o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutqiy faoliyatning asosiy turlarini
rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun Ona tili o‘quv fani mazmunini nutq tovushlari,
yozma nutqda tovushlarning ifodalanishi, so‘z turkumlari, ularning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning
bog‘lanishi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik-semantik guruhlari,
imlo qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishiga doir bilimlar tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinflarda mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi mashqlar bolalarning narsa va atrof-
muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi
maktabga kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash,
qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish
faoliyatining ob’ekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar bo’lsa). Mustaqil fikrlashga
o‘rgatuvchi mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni
predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z bilan aniq ifodalashga o’rgatish,
bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy
tomondan o’stirish hisoblanadi.
Mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida
katta ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib boriladi.
Masalan:
1. Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (
ko’ylak, kostyum
) va oyoq
kiyimlar
(botinka, tufli )
; uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar
«Bu nima?»
so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi:
Bu n i m a?
- Avtobus. Avtobus nima? Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z bilan nomlash
.
Masalan,
stol, stul, shkaf
larni bir so’z bilan qanday nomlash mumkin?
(Mebel)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan,
qalam, pero,
chizg’ich, o’chirg’ich, stul
ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini ajratadilar,
stul
o’quv
quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib, ortiqchasini
topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi:
qaldirg’och, chumchuq, mushuk,
musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so’zlar
choynak,
|
| |