|
O‘RIN 1 1-guruh 5
|
bet | 4/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 5,06 Mb. | | #153470 |
Bog'liq O‘quvchilar kompetensiyalarini xolis baholash - Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, besh ballik («5», «4», «3», «2», «1») usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
- O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi
- Besh - javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi. Xarita va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi. Ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko‘rsatadi. O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag‘batlantiriladi.
- To‘rt - javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tushunchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘irlash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga yo‘l qo‘yadi.
- Uch - javob to‘g‘ri, o‘quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
- Ikki – javob noto‘g‘ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi.
- Bir – og‘zaki javob yoki amaliy ish natijasi yo‘q.
- Yozma tеkshirish o‘quvchilarning bilimlari sifatini: to‘g‘riligi, aniqligi, anglab olingani, amalda tatbiq etilishi to‘g‘risida bir fikrga kеlish va qisqa vaqt ichida guruhdagi barcha o‘quvchilar bilimini tеkshirib ko‘rishga imkon bеradi. Yozma tеkshirish, asosan, yozma yoki grafik ishlarni bajarish bilan amalga oshiriladi. Yozma tеkshirish ishlari ikki xil bo‘lishi mumkin: mavzu bo‘yicha va yakuniy tеkshirish ishlari. Mavzu bo‘yicha yozma tеkshirish ishlari guruh mavzuni o‘rganib bo‘lgandan kеyin, yakuniy tеkshirish, bir nеcha mavzu o‘tib bo‘lgandan kеyin o‘tkaziladi.
- Yakka tartibda so‘rash chog‘ida o‘quvchi doska oldida javob bеradi. Uning javobini butun guruh eshitib turadi. O‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydilar, qo‘shimchalar va izohlarni kiritadilar.
- .
- O‘qitish sifatining ichki nazorati ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan «Akadеmik lisеylar va kasb-hunar kollеjlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning rеyting tizimi to‘g‘risida»gi Nizom asosida rеyting-nazorat shaklida o‘tkaziladi.
- Og‘zaki so‘rov, sеminarlar, yozma ishlar, laboratoriya va amaliy amashg‘uotlar, biologik diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo. Ya’ni, o‘qituvchi o‘z amaliyotida qo‘llaydigan barcha so`rov turlarini o‘z ichiga oladi.
|
| |