Maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur




Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#88889
  1   2   3
Bog'liq
Maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur
Diskrit tuzilmalar MI, AXBK,sillabus 2023-2024 kunduzgi RRR, copy center, 6-A bsb-1, Mavzu hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish dar, Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli , java1, 3. i.ch. baxtsiz hodisalar

Reja:

  1. Maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur

  2. Maktablardagi kamchiliklarni tuzatish

  3. Moddiy va maʼnaviy hayotni uygʻun rivojlantirish


Maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak maʼnaviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda taʼlim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.


Prezidentimiz yigʻilishda maktab taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan fikrini alohida taʼkidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir.
Maʼlumki, murakkab oʻtish yillarida maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, oʻqituvchi kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.
Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi.
Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab taʼlimi tizimi tiklandi. Soʻnggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi.
Ulugʻ allomalarimiz – Mirzo Ulugʻbek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi taʼlim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun taʼlim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak oʻqituvchilarning alohida oʻrni va taʼsiri borligi hisobga olinib, koʻrilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq taʼlimi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak oʻqituvchi qaytdi.
Pedagog xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda oʻqituvchilarning ish haqi oʻrtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qoʻshimcha oylik ustamalar toʻlanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod oʻqituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan oʻqituvchilarga pensiyasi toʻliq miqdorda berilmoqda.
“Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – dedi Prezidentimiz. – Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablagʻni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bogʻliq”.

Ammo amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarga qaramasdan, taʼlim tizimida hamon tizimli muammolar borligi, maktablarning moddiy-texnik bazasi, ayrim pedagog xodimlarning bilim va malakasi bugungi zamon talablariga javob bermasligi yigʻilishda tanqid qilib oʻtildi.


Taʼlim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, oʻqitish metodlari, taʼlim standartlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilash zarurligi, bilim berishda chet eldagi ilgʻor tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy anʼana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan tamoyilga asoslangan holda, milliy gʻoya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.



Download 0.52 Mb.
  1   2   3




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur

Download 0.52 Mb.