• Adabiyotlar
  • Maktabda ona tili va adabiyot darslarida "fsmu" va "insert" texnologiyalaridan foydalanish




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana12.06.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #72048
    1   2
    Bog'liq
    maktabda-ona-tili-va-adabiyot-darslarida-fsmu-va-insert-texnologiyalaridan-foydalanish (2)
    Algoritmning xossalari, yozilish usullari va turlari, ПФ-134 ФАРМОН бўйича СЛАЙД, Imac, 31, 2 sinf IQTIDORLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH matematika, ona tili, Mavzu Qadriyat tushunchasini tavsifi va mohiyati, 11.stilistika, MIT Mustaqil ishlar (4), Mustaqil ish 2 (1), Ramiz. EHM1, kurs ishi
    FSMU texnologiyasi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, 
    bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida o‘quvchilarning o‘quv
    mashg‘ulotlari hamda o‘tilgan mavzu va bo‘limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga 
    nisbatan fikrlarini bilish maqsadida, o‘quv rejasi asosida biror-bir bo‘lim o‘rganilgach 
    qo‘llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga
    erkin fikrlashga o‘rgatadi.


    [538] 
    Bu texnologiyadan foydalanishda o‘qituvchi har bir tinglovchiga FSMU 
    texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda
    ularni to‘ldirishni iltimos qiladi. Bunda:
    F—fikringizni bayon eting
    S—fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;
    M- ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
    U—fikringizni umumlashtiring.
    O‘qituvchi tinglovchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi.
    Yakka tartibdagi ish tugagach, tinglovchilar kichik guruhlarga ajratiladi va
    o‘qituvchi kichik guruhlarga “FSMU” texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta 
    formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi.
    Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta 
    formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlari taklif etiladi. O‘qituvchi 
    kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi. 
    Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish 
    bilan yakunlanadi.Namuna:
    1. Vazifa: “Oq kema” – o‘lmas asar” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon 
    qiling.
    F - “Oq kema” qissasi Ch.Aytmatovning eng mashhur va o‘lmas asarlaridan 
    biridir.
    S - “Oq kema” asarida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik, muhabbat
    va nafrat kabi asriy muammolar o‘z ifodasini topganligi bois u umrboqiydir.
    M - Mo‘min chol tabiatidagi soddalik, ezgulik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, 
    kamtarlik O‘rozqul timsolidagi shafqatsizlik, takabburlik kabi illatlarga qarshi qo‘yilsa,
    bolakay qalbidagi soflik, mehribonlik xislatlari atrofdagi insonlarning, jumladan, ota-
    onasining unga befarqligiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Masalan, Bolakay shoshib turgan 
    bo‘lsa ham o‘zining sevimli toshlarini erkalab, unga e’tibor bilan qaraydi.
    U - qaysiki asar milliy qadriyatlarni, ezgulikni ulug‘lar ekan, bu asarning umri
    boqiydir.


    [539] 
    2. Vazifa: “Yordamchi so‘zlar fikr ifodalash uchun zarur” mavzusi bo‘yicha 
    fikrlaringizni bayon qiling.
    F - Yordamchi so‘zlar o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega.
    S - Yordamchi so‘zlar gapida so‘z va gaplarni bir-biriga bog‘lash, munosabatga 
    kiritish va qo‘shimcha ma’nolar yuklash vazifalarini bajaradi.
    M - Bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklar va gaplarni o‘zaro bog‘lasa, ko‘makchilar
    so‘z birikmasi hosil qilishda ishtirok qiladi. Yuklamalar esa fikrga so‘roq, taajjub, 
    ayiruv, chegaralash kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuklab, so‘zlovchining fikrini
    oydinlashtirish uchun xizmat qiladi.
    U - Yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmasa-da, nutqimizda ularning 
    ahamiyati beqiyos .
    Adabiyotlar: 
    1. G‘ulomova A., Ne’matov X. Ona tili ta’limi mazmuni.-T., 2011 yil
    2. Ziyotova T. Ona tili-ijodiy tafakkurni oshirishning asosiy omili.- Toshkent, 2014 yil
    4. Yo‘ldoshev J,G‘., Usmonova S.A. Pedagogik texnologiya asoslari.-Toshkent, 2013 y 

    Download 0.55 Mb.
    1   2




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabda ona tili va adabiyot darslarida "fsmu" va "insert" texnologiyalaridan foydalanish

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish