• Innovatsion menejment bu
  • Menejmentning har qanday boshqa sohalari kabi innovatsion menejment ham quyidagi YaʼNI
  • Shartlar va tashkil qilish bosqichiga
  • Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar quyidagilar




    Download 25.69 Kb.
    bet4/7
    Sana04.11.2022
    Hajmi25.69 Kb.
    #29020
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MAKTABGACHA TA LIM TASHKILOTI MENEJMENTI VA UNING TURLARI

    Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar quyidagilar:
    - gʻoya va ishlanmalar yaratilishi;
    - qoʻshimcha pul mablagʻlarni yaratilishi;
    - innovatsion mahsulot (yangi taʼlim tarbiya va xizmat turlari namunalari, dasturiy taʼminot va boshqalar)ni yaratilishidir.
    Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining innovatsion faoliyati natijasida yuzaga kelgan gʻoya va maʼlumotlarni tayyor turdagi taʼlim-tarbiya va xizmatlar holatiga keltirish mobaynida gʻoyani rivojlantirish, uni moliyalashtirish, sinov guruhlarini tashkil etgan holda ularda yaratilayotgan taʼlim-tarbiya va xizmatlarni tadbiq etish hamda yakuniy bosqichda tayyor yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlarga ega boʻlish jarayonini tashkil etish, uni qoʻllab-quvvatlanishida, moliyalashtirishni tashkil etish uchun albatta boshqaruvning roli nihoyatda kattadir.
    Yuqoridagilarni hisobga olgan holda biz innovatsiyalarni yaratishda innovatsion menejmentning zarurligini koʻrishimiz mumkin.
    Innovatsion menejment bu - innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band boʻlgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir.
    Innovatsion menejmentning maqsadi quyidagilardan iborat:

    • innovatsion faoliyatni boshqarish;

    • strategik boshqaruvga yoʻnaltirish;

    • innovatsiyalarni rejalashtirish;

    • innovatsion jarayonlarni boshqarish;

    • moddiy va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash;

    • malakali kadrlar bilan taʼminlash;

    • maqsadni guruhli tarzda shakllantirishdan iborat.

    Menejmentning har qanday boshqa sohalari kabi innovatsion menejment ham quyidagi YaʼNI:

    • rejalashtirish;

    • shartlarni belgilash va tashkil qilish;

    • ijro etish;

    • rahbarlik kabi bosqichlarda amalga oshiriladi.

    Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. YaʼNI Rejalashtirish bosqichida – maqsadni amalga oshirish rejasi tuziladi. Shartlar va tashkil qilish bosqichiga moliyaviy resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qoʻyish hamda ishni tashkil qilish kiradi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi. Rahbarlik bosqichida nazorat va tahlil ishlari olib boriladi. Bu yerda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari va yangiliklarni qoʻllashning samaradorligi baholanadi.
    Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadlari, harakteri, mazmuni va xususiyatlari uning boshqaruvning anʼanaviy turlaridan katta farq qilinishini belgilab beradi va holatlar innovatsion jarayonga aylanadi.

    Download 25.69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 25.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar quyidagilar

    Download 25.69 Kb.