• Innovatsion menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi, yaʼni
  • Innovatsion menejmentning quyidagi usullari mavjud, yaʼni
  • Maktabgacha taʼlim tashkilotini innovatsion boshqarishda rahbarga qoʻyiladigan asosiy talablari quyidagilardan iborat




    Download 25.69 Kb.
    bet7/7
    Sana04.11.2022
    Hajmi25.69 Kb.
    #29020
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MAKTABGACHA TA LIM TASHKILOTI MENEJMENTI VA UNING TURLARI

    Maktabgacha taʼlim tashkilotini innovatsion boshqarishda rahbarga qoʻyiladigan asosiy talablari quyidagilardan iborat:

    • isteʼmolchi talablaridan kelib chiqib, muvaffaqiyatga erishishni oldindan bashorat qilish;

    • tashkilotning kelgusi moliyaviy ehtiyojini qondirishda pul oqimlarini va xarajatlarni rejalashtirish;

    • jamiyatdagi oʻzgarishlar va yangiliklardan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyat guruhlarini tashkil etish (tanlash, jamoa bilan qoʻshma xarakatlar);

    • innovatsion faoliyatni rivojlantirib borish yuzasidan toʻgʻri qarorlar qabul qilish kabi talablarni bajarish.

    Innovatsion menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi, yaʼni:

    1. MT tashkilotida innovatsion menejment maqsadlarini belgilash;

    2. Ijtimoiy funksiya;

    3. Tashkiliy funksiya;

    4. Motivatsiyani boshqarish funksiyasi;

    5. Moliyaviy hisob va nazorat funksiyalari.

    Innovatsion menejmentning quyidagi usullari mavjud, yaʼni:

    • innovatsiyalarni rejalashtirishni tartibga solish;

    • vaziyatni tahlil qilish (vaziyatni, xodimlarni va hokazo);

    • rejalashtirish;

    • moslashtirish;

    • nizolarni boshqarish;

    • kreativ menejment.

    Innovatsion menejmentning xorijiy tajribalarini koʻradigan boʻlsak Yaponiya innovatsion menejmenti usullari boshqa rivojlangan davlatlar (masalan Yevropa yoki Amerika) usullaridan keskin farq qiladi.
    Uning asosiy farqi nimada? Avvalam bor bu boshqaruvning nimaga yoʻnaltirilganligiga bogʻliq. Masalan, Yaponiyada boshqaruv markazida mehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi tashkilot samaradorligini oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Yevropa va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib koʻp daromadga erishish yotadi. Menejment boʻyicha Yapon mutaxassisi Xideki Iosixara Yapon boshqaruvini
    4 ta xususiyatini koʻrsatib oʻtadi:

    • doimiy bandlik kafolati va oʻzaro ishonch sharoitining mavjudligi, bunday kafolatlar kadrlar qoʻnimsizligini kamaytiradi va xodimlarni barqaror faoliyat koʻrsatishlari uchun ishonch tugʻdiradi. Bu esa xodimlarni keyinchalik vertikal (lavozim) zinapoya boʻyicha koʻtarila olishi mumkinligiga ishontiradi va tashkilotda jamoat boʻlib ishlashga undaydi.

    • tashkilotning birdamligi va u uchun qimmatli deb hisoblangan narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar tashkilot siyosati xaqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan maʼlumot olishadigan boʻlsa, bu barcha xodim va ishchilarga javobgarlik xususiyatini oshiradi va jamoa boʻlib xarakat qilishga undaydi.

    • sifatga qaratilgan boshqaruv koʻpincha yapon tashkilotlarini boshqaruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Oʻz faoliyatlari jarayonida ularning asosiy masalasi – sifat haqidagi aniq maʼlumotlarni olishdir.

    • tozalik va tartibni ushlab turish. Yaponiyada xizmatning yuqori sifati faoliyatda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqadi.

    Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki maktabgacha taʼlim tashkilotlari boshqaruvida innovatsion menejment usullaridan keng foydalanish orqali tashkilotda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshishiga, hamda tashkilotning faoliyat davomiyligini taʼminlanishida ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
    Maktabgacha taʼlim tashkilotida innovatsion boshqaruvga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
    1. Innovatsion jarayonlarning dasturiy va uslubiy taʼminotini ishlab chiqish: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish dasturi, biznes-reja, taʼlim dasturi, yillik reja.
    2. Innovatsion jamoa va individual pedagogik loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
    3. Maxsus taʼlimni farqlashning yangi shakllarini joriy etish: vaqtinchalik nutq terapiyasi guruhi, nutq markazi.
    4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun qoʻshimcha bepul taʼlim va sogʻlomlashtirish xizmatlari tarmogʻini yaratish: toʻgaraklar, studiyalar, boʻlimlar va hokazo.
    5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalar uchun taʼlim xizmatlari turlarini kengaytirish: pulli taʼlim xizmatlari, yosh bolalar uchun qisqa muddatda qolish guruhlari (moslashish, tuzatish va rivojlantirish), katta yoshli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabgacha tayyorgarlik guruhi.
    6. Oila va ijtimoiy taʼlimning birligi va uzluksizligini taʼminlash, ota-onalarga (qonuniy vakillarga) psixologik-pedagogik yordam koʻrsatish, bolalarning shaxsini har tomonlama rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun oilaviy muhitda tarbiyalangan ota-onalar (qonuniy vakillar) va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnash imkoniyati boʻlmagan nogiron bolalar uchun maslahat markazi yaratish.
    7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish (sogʻlomlashtirish oʻyini, dinamik “soat”, harakatli ijod “soati”).
    8. Ota-ona va bola munosabatlarini uygʻunlashtirishning ijtimoiy texnologiyalari.
    9. Innovatsion faoliyatning ilmiy-uslubiy mahsulotlari – oʻquv qoʻllanma va ishlanmalarni nashr etish, pedagog kadrlarning maʼlumotlarini Internet saytlariga joylashtirish; virtual muammoli seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, Internet-jamoalar, forumlar va pedagog kadrlar kengashlarida ishtirok etish.
    10. Ijodiy va muammoli guruhlarning ishi, mahorat darslarini oʻtkazish.
    11. Taʼlim jarayonini axborotlashtirish: loyihalash va tadqiqot faoliyati mahsulotlarini namoyish etish, maʼlumotlar bazalarini toʻplash, Internet-resurslar bilan ishlash, diagnostika vositalarini ishlab chiqish uchun mediataʼlim vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktabgacha taʼlim tashkiloti ishini tashkil etish.
    12. Tashkilotning moliyaviy mustaqillikka oʻtishi, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish, pulli taʼlim xizmatlarini tashkil etish.
    Shunday qilib, zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini samarali va oqilona boshqarish uchun taʼlim menejeri – mudir, direktor, direktor boshqaruv asoslarini puxta egallashi, direktorning ijobiy konstruktiv yondashuvi va yetakchilik vazifalari asosida zamonaviy samarali strategiya va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish usullari hamda jamoa bilan ishlash texnologiyalarini tushunishi kerak.
    Download 25.69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 25.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha taʼlim tashkilotini innovatsion boshqarishda rahbarga qoʻyiladigan asosiy talablari quyidagilardan iborat

    Download 25.69 Kb.