26
05 — Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
05-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan
Davlat
talablari, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
05-02. Oylik ish reja (Ish jurnali)
Titul varagʻi namunasi
_________ shahar (viloyat)
_________ tumani “_________” nomli
__________ - maktabgacha taʼlim tashkiloti
__________ - ________ guruh tarbiyachisining
20 _ - 20 _ oʻquv yili uchun
Ish jurnali
Tarbiyachilar: ___________________________
(F.I.Sh.)
Telefon raqami:________________________
Tarbiyachilarga tavsiyalar
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining ushbu ish jurnali tashkilotda faoliyat yuritayotgan
tarbiyachilar uchun ishlab chiqilgan. Mazkur
hujjatni yuritishdan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi
talablarini bajarish
asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka tartibda ishlashni
loyihalashtirishdan iboratdir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni rejalashtirish bolalar hayotini toʻgʻri
tashkil
etishning negizi hisoblanib, bunda tarbiyachilar taʼlimiy
vazifalar, bolalar bilan birgalikda olib boriladigan ish
shakllari, rivojlantiruvchi muhitga kiritish lozim boʻlgan oʻzgartirishlarni belgilab beradi.
Rejalashtirish taʼlim-tarbiya jarayonida individual
yondashuvni amalga oshirish, bolalarga axborot va
jismoniy vazifalarni meʼyorlash imkonini beradi.
Ish rejasining toʻlaqonli
bajarilishini tahlil qilish, bolaning rivojlanish surʼatini kuzatish va ular uchun
yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.