|
Tabel daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Filtr daftariBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)Tabel daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Filtr daftari tarbiyachi bolalarni qabul qilish vaqtida har bir bolaning ota-onasi bilan bola salomatligi haqida qisqacha
suhbatlashadi, birlamchi tibbiy nazoratdan oʻtkazadi. Filtr daftarida tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi (pedikulyozga
tekshiruv) va ota-onadan olingan soʻrovnoma natijalari belgilanadi. Bolaning filtr nazorati ota-ona oldida oʻtkaziladi.
Bola uch kun kelmagan takdirda filtr nazoratini tashkilotning tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkazilishi va ota-onadan
bolaning tashkilotga kelmaganlik sababini tasdiqlovchi tegishli hududiy davolash tashkiloti tomonidan berilgan maxsus shakldagi
tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilishi talab etiladi. Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan imzolangan
boʻlishi kerak.
Patronaj daftari - ushbu daftarni yuritish tashkilot xamshirasiga yuklatildi. Lekin tarbiyachi hamshira bilan
hamkorlikda ishlashi va tarbiyalanuvchining kelmaslik sabablarini oʻz vaqtida aniqlashda yordam berishi zarur xisoblanadi.
Ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar daftari: ushbu daftarga bolaning familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, uy
manzili, telefon raqami, ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning ish joylari haqidagi maʼlumotlar kiritiladi va
qoʻshimcha maʼlumotlar olinganda, daftarga qayd etib boriladi. Ota-onalar haqidagi maʼlumotlar daftari tikilgan, sahifalangan,
muhrlangan,
direktor
tomonidan
imzolangan
boʻlishi
kerak.
37
Namuna
Bolalarning kundalik davomati _______________________ oyi ______________ yil
T.r
Bolalarning
familiyasi, ismi
Kunlar
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31
1.
2.
3.
30
|
| |