|
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidaBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)Ertalabki qabul — tarbiyachining ish jurnalida berilgan ushbu qismda bolalarni birlamchi tibbiy koʻrikdan (filtr)
oʻtkazish, bolaning holati haqidagi maʼlumotlarni ota-onalardan olish, davomatga belgilab qabulni yakunlash va bolalarning
hoxishlariga qarab mehnat turlariga jalb etish tadbirlari amalga oshiriladi.
Oʻyinlar – Tarbiyalanuvchilarning hoxish-istaklariga koʻra, hafta mavzusi boʻyicha taʼlimiy, rivojlantiruvchi, syujetli-
rolli, sahnalashtirish oʻyinlarining nomi qayd etiladi;
Bolalar bilan suhbat - tarbiyachining ish jurnalida taʼlim-tarbiya faoliyati aks ettirilib, unda oy mavzusi, sanasi, hafta
mavzusi, hafta mavzusining maqsadi yoritiladi. Ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan quyidagi 5 ta mavzuda suhbat
olib borishlari tavsiya etiladi:
1.
Dushanba – “Madaniy-gigiyenik koʻnikmalar” (bolalar orqali ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini oʻrnatish
maqsadida hamda haftaning birinchi kunini inobat olib, bolalarda shaxsiy gigiyenani shakllantirish, tozalikka, toʻgʻri
ovqatlanishga, atrof-muhitga toʻgʻri munosabatda boʻlishga oʻrgatish maqsadida suhbatlar tashkil etiladi).
2.
Seshanba – “Odob axloq qoidalari” (bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda
boʻlish,salomlashish, doʻstlashish, sogʻlom hayot faoliyatiga oʻrgatish, mehnatsevarlik, toʻgʻri soʻzlik, kamtarlik va b.q.);
3.
Chorshanba – “Huquqiy savodxonlik” (bolalarda men konsepsiyasini shakllantirish maqsadida, ularni
Vatan, ota-ona oldidagi burchlari va huquqlari mavzusida suhbatlar oʻtkaziladi).
4.
Payshanba – “Yoʻl harakati qoidalari” (bolalar ishtirokidagi yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maqsadida
“Xavfsiz piyoda”, “Odobli yoʻlovchi”, “Svetofor” kabi mavzularda suhbat olib boriladi).
5.
Juma – “Bola xayoti xavfsizligi asoslari” mavzularida (haftaning shanba va yakshanba kuni dam olish
kunlari boʻlganligi sababli, bolalar uyda yolgʻiz qolishlari yoki ota-onalar bilan koʻngil ochar maskanlariga borishlari, suv
havzalarida choʻmilishlari va boshqa holatlarni inobatga olib, bolalarga begona shaxslar bilan muloqat qilganda, adashib
qolganda qanday harakat qilish lozimligi toʻgʻrisida suhbat oʻtkiziladi).
|
| |