|
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidaBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)Ikkinchi sayrda – ixtiyoriy oʻyinlar, ota-onalar bilan suhbat rejalashtiriladi (tarbiyalanuvchining oʻzlashtirishi, taʼlim
jarayondagi ishtiroki, uyga vazifasi, bolaning rivojlanish xaritasi bajarilmagan indekatori boʻyicha (bola shaxsiga tegishli
maʼlumot yakka holatda oʻtkaziladi) mavzularda).
Ikkinchi sayrdagi jadvalning izoh qatoriga bir nechta ixtiyoriy oʻyinlar tanlanganda jadvalning birinchi qatoriga
yoziladi. Ikkinchi qatoriga ota-onalar bilan oʻtkazilgan suhbat mavzusiga izoh talab etilganda va birdan ortiq mavzular
tanlanganda mazkur qator toʻldiriladi.
05-03. Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar):
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlib, ular bolalarni qabul qilish va
qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar
umumiy bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 05-03 raqami
qoʻyiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi quyidagicha:
Bolalar davomatini qayd etish daftari yosh guruhlarida bolalar qatnovini har kuni soat 9.00 dan kechiktirmay belgilab
boriladi va kelgan bolalarning umumiy soni chiqarib qoʻyiladi. Oy yakunida roʻyxatdagi bolalar kelgan, kelmagan kunlarining
umumiy soni chiqariladi va natijalar umumlashtiriladi. Tahlilda roʻyxat boʻyicha bolalar soni, ushbu oy davomida kelgan va
umuman kelmagan bolalarning aniq soni yoziladi. Ushbu tahlil asosida bola kuni bajarilishi aniqlanadi. Umumiy bolalar kuni va
bola kelmagan kunlarning sababli va sababsiz soni yoziladi. Tahlil qilgan tarbiyachining familiyasi va imzosi, hamshira
tomonidan bolalar sonining haqqoniyligini tasdiqlab imzo qoʻyiladi. Tashkilot direktori oy davomida yuritilgan davomat va
tahlilni nazoratdan oʻtkazib, oy yakunida imzo va muhr qoʻyadi.
|
| |