|
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidaBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)Ertalabki badantarbiya mashqlari (yuqoridagi uchinchi xat boshida koʻrsatilgan maʻlumotga qarang).
Taʼlim-tarbiya jarayoni
Oy va hafta mavzusiga koʻra taʼlim-tarbiya jarayoni rejalashtiriladi.
Ertalabki davra suhbati (umumiy gurux bilan) – tarbiyalanuvchilar hafta mavzusi bilan tanishtiriladi, mavzu
doirasida yangiliklarni bilishlari hamda rivojlantirish markazlarda qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari yuzasidan
tanishtirilib oʻtiladi(tarbiyachiga markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda otaonalar bilan ishlashi tavsiya etiladi).
Umumiy guruh boʻlib ishlash – frontal mashgʻulot boʻlib, unga nutq, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish,
elementar matematika; savodxonlikka oʻrgatish; xorijiy til; jismoniy tarbiya; musiqa faoliyatlari hamda xoreografiya
mashgʻulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda, ushbu frontal mashgʻulotlarni olib borish vaqti
ishlab chiqiladi va 1-chi pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Markazlardagi faoliyatlar – taʼlim faoliyati mavzuli rejalashtirish asosida tashkil etilib, har bir yosh guruhlari uchun
alohida oy va hafta mavzulari aks ettiriladi hamda beshta rivojlantirish markazlarida taʼlimiy faoliyat turlari tashkil etiladi:
●Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;
●Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi;
●Til va nutq markazi; ●Fan va tabiat
markazi; ●Sanʼat markazi.
Namunaviy rejalashtirish berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud (shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib
yoki ijodiy yondoshgan holda (asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda markazlardagi
faoliyat ish daftarida qayd etiladi.
Ish jurnalining sayr boʻlimi 5 qismdan iborat.
Kuzatish – ikki turdan iborat boʻlib, jonli va jonsiz tabiatni kuzatadi. Obyektga mos boʻlgan mehnat turini tanlashi kerak
(oʻz-oʻziga hizmat, xoʻjalik-maishiy mehnat, tabiatdagi mehnat, qoʻl mehnati (katta va tayyorlov guruhlarda oʻtkaziladi).
Mehnat - ushbu qismda tarbiyachi maydonchada olib borilishi mumkin boʻlgan bolalarning yoshiga mos mehnat
turlarini tanlaydi. Maydonchaga chiqishda albatta mehnat qurollarini ham olib chiqish maqsadga muvofiqdir.
|
| |