|
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent-2008. 34-bet
|
bet | 2/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 54,63 Kb. | | #116714 |
Bog'liq MAKTABGACHA TA`LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O`STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent-2008. 34-bet
nutqiy bilimdonlikning ahamiyati juda katta. Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida hamda savod o‘rgatish davrida, shuningdek, keyingi sinflarda o’quvchilarni o‘qishga o‘rgatish va o’qish darslarini olib borish jarayonida ularni badiiy adabiyot bilan tanishtirish ustida ishlash davomida bolalarning nutqini o‘stirish, har tomonlama keng fikrlay olishga imkoniyat yaratish hamda dars mashg‘ulotlari davomida interfaol usulda bolalarni mustaqil ravishda turli mavzularda gap tuza olishga o‘rgatish va gap ustida ishlash, o’zi tuzgan gaplari asosida hikoya qilishga o’rgatish bo‘yicha ayrim dars mashg‘ulotlarini kiritish bugungi kun taraqqiyotining dolzarb muammolaridan biridir. Bolalar bilan bolalar badiiy adabiyoti ustida ishlash ishlari hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab, avval nutq o‘stirish, keyinchalik savod o‘rgatishga tayyorlov davrida va boshlang’ich ta’limning keyingi yillarida o‘qish mashg‘ulotlari orqali amalga oshiriladi. Bu borada esa ko‘pgina tadqiqotlarda, asosan, xalq og‘zaki ijodiga tayanib o’quvchilarning nutqini o‘stirish orqali hikoya qilish bilan tanishtirish kuzatiladi. Shu tomondan bolalarni maktabgacha ta’lim jarayonida o‘qish darslarini olib borish hamda bunda yangi pedagogik texnologiyalar asosida bolalar badiiy adabiyoti ustida ishlashning yangi texnologiyalarini yaratish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
MUAMMONING ISHLANGANLIK DARAJASI. Bugungi kunga qadar bolalar bolalar badiiy adabiyotini o’rgatish va ularning nutqini o’stirish ustida ishlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Chunki maktabgacha ta’limda bola nutqi rivojlantirilsa, ular hikoya qilish bilan tanishtirilsa, bolalar adabiyoti vakillari hamda badiiy adabiyot ustida ishlash tizimi ma’lum me’yorga keltirilsa, bola hayotining keyingi bosqichlarida bog‘lanishli nutq bilan bog‘liq masalalar biroz bartaraf etilgan bo‘ladi. Bolalarni hikoya qilishga o’rgatish ustida ishlash ravon nutqning turi sifatida
bolalarga monologik nutq tarzida besh yoshdan boshlab, o‘rgatilib borilishi juda ko‘plab ilmiy adabiyotlarda ta’kidlangan. Keyingi davrda bolalarni maktab ta’limiga tayyor qilib yetkazish maqsadida, ularga o‘qishni o‘rgatish va bu jarayonda hikoya qilishga o’rgatish ustida ishlash yuzasidan ham alohida ilmiy adabiyotlar nashr ettirilgan va ularda ushbu mavzuni keng qamrovli o‘rganishga sharoit yaratilgan. Bunda, maktabgacha ta’lim sohasida o‘zining qarashlari bilan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan Q.Shodiyevaning o‘qishga o‘rgatishda gap ustida ishlash yuzasidan bildirgan fikrlarini, shu bilan birga F.R.Qodirova, M.R.Qodirova2 va boshqalarni nutq o‘stirishda badiiy adabiyot ustida ishlash va hikoya qilishga o’rgatish haqidagi qarashlarini, S.Jumaboyevning bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirsh sohasidagi izlanishlarini, boshlang’ich ta’lim sohasida Abdullayeva K., G’apparova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., Matshonov S., Safarova R., Qosimova K., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.3 kabilarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda o’quvchilar bilan yangi pedagogik texnologiyalar orqali hikoya qilishga o’rgatish ustida ishlashning yangi jarayonlarini dars mashg‘ulotlari asosida ishlab chiqishga harakat qildik.
TADQIQOTNING OB’EKTI. Ishning ob’ekti maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, chop etigan ilmiy adabiyotlar, maktabgacha ta’lim uchun mo‘ljallangan va xalq og‘zaki ijodidan badiiy adabiyotlar, darsliklar va maqolalardan iborat bo‘lib, ya’ni mashg’ulotlarni o’tish jarayonida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish ustida ishlash bilan birga ularning nutqini o‘stirishda noan’anaviy dars mashg‘uloti turlaridan foydalanish hisoblanadi.
|
| |