|
I BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINING O’SISHIDA BOLALAR ADABIYOTINING O’RNI
|
bet | 4/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 54,63 Kb. | | #116714 |
Bog'liq MAKTABGACHA TA`LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O`STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISHI BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINING O’SISHIDA BOLALAR ADABIYOTINING O’RNI.
BOLALARNI BADIIY NUTQQA O’RGATISH BO’YICHA ISH MAZMUNI HAMDA VAZIFALARI.
Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o’sishiga ta’sir ko’rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o’lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o’yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg’ulari, xatti- harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko’rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to’g’ri-noto’g’ri deb, o’zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do’stlik, halollik, mehnatsevarlik, o’rtoqlik namunalarini ko’rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o’tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so’z qudratini his etadilar, uncha katta bo’lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar.
Badiiy so’zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog’chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o’tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo’lib qoladi. Xalq, og’zaki ijodi - ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo’shiqlarning ko’plari uzoq o’tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.
Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan
ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo’lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg’anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo’lishga majbur etadi.
O’zbek xalq ertaklaridan tashqari ko’pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o’qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o’qib berish dasturiga kiritilgan. O’zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko’p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G’.G’ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo’min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari - bolalarga o’qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag’ishlangan adabiyotlar ro’yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o’rin olgan. Bu ro’yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o’qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi.
Bolalar bog’chasi dasturida ko’rsatilgan asarlarning ko’pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o’qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko’p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog’chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o’zlashtirib olishlariga, ularni to’g’ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim.
Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko’nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg’ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog’chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib
toptiriladi. Har bir bola maktabga o’tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o’z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim.
Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o’qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko’zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo’lish ko’nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog’cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o’rtoqlashish istagi va ko’nikmasini tarbiyalashi lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo’lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o’zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko’rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o’qib beradigan asarlarini tavsiya ro’yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his - tuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o’zaro munosabatlarini, o’yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o’sha vaqtdagina o’qib berish lozim, deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim.
Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so’zlari ko’p bo’lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul. O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko’p notanish so’zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so’zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga
xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo’ladi.
Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o’tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o’tirishga taklif etib, bolalarning qanday o’tirganini tekshirib, mashg’ulotni boshlaydi. Mashg’ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po’pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so’rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so’zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo’ladi. Bolalar bilan o’qib berishdan oldin va o’qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog’liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so’zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o’zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg’anchiq boyni aldagani»ni o’qib beraman. Mashg’ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O’n ikki oy» ertagini o’qib berishdan oldin:
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O’n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo’lsa, ularning javoblarini tuzatadi.
Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hyech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o’tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog’lik o’lka - Begimiyada bir qiz bir vaqtning o’zida o’n ikki oyning hammasini ko’rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo’lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o’qiy boshlaydi.
Ertak o’qib bo’lingach, qizcha bir vaqtning o’zida birdaniga o’n ikki oyni
qanday ko’rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida suhbat o’tkazgan ma’qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo’lgan kitoblarni o’qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so’z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g’oyaviy mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o’ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi, Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini o’qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o’ylang va ayting: qanday qiz haqida - yaxshi qiz va qanday qiz to’g’risida - yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to’g’ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she’rni o’qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so’ng tarbiyachi she’rni o’qiy boshlaydi.
Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o’qishdan oldin o’tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo’lishi - 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o’qib bo’lingandan keyin ham suhbat o’tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko’p savol va tushuntirishlar bo’lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o’qish paytidayoq qahramonlar xatti- harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O’qilgan asar haqida o’tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri
baholashga o’rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o’z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh. Sa’dullaning she’rini o’qigandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko’maklashadigan savollar berish kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo’ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do’st bo’lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo’lar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g’amxo’rlik qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar mukaddima suhbati va o’qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo’lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo’lib xizmat etadi.
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo’libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo’lga qo’yish g’oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalash i mkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o’qishda).
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo’lub, bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutq(hikoya qilishda)da bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaudilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak.
Monolog nutq (hikoya qilish) yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monologik nutq tafakkurga tayanadi.
Monologik nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisobianadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo’lishi ushun yoyiq gaplardan, aniq lug’atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo’lish jarayonida katta rol o'ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o'z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bolalarda monologik nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Vundan tashqari, bola nutqi mohologik nutqqa aulanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini yerkin egallagan bo’lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi.
Ruhshunos D. V. Elkanin bu haqda shunday yozadi: "Bola hauot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan uangi munosabatlarning va uangi turdagi faoliuatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi", bolalarni hikoya qilishga o’rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga uordam byeradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo’lib, o'zini tutish, jamoa oldida so’zga chiqish malakasi hosil bo’ladi”.
Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Vu guruh bolalarini tanish hikoya va yertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani
(3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.
O'rta guruhlarda hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va yertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi4.
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va hikoualarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval tarbiyachining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.
Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoualarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi rersonajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayotgan o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang’ich sinflar uchun "Nutq o'stirish" bo'limida o’quvchilarni badiiy adabiyotni hikoya qilib berishga o'rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar, ularning mazmuni quuidagisha belgilangan:
Birinchi yarim yillik. badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o'stirish. Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya qilishga o'rgatish.
Tarbiyachi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa, ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim.
Bolalar asar uoqyealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so'roq, his-hauajon, hauratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.
|
| |