Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., TDPU. 2008




Download 54,63 Kb.
bet6/7
Sana12.12.2023
Hajmi54,63 Kb.
#116714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O`STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH

5 Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., TDPU. 2008.




  1. Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa yertaklarni qayta hikoya qilib berish.

  2. Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'uinshoqlar, o'simliklar, kiyimlar, idish- tovoqlar, myebyellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.

  3. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.

  4. Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.

Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bauon yetilgan:

  1. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.

  2. Narsa-buyumlar, o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyim-kechaklar, idish- tovoqlar, myebyellar va hokazolar haqida hikoualar, ularning o'ziga xos xususiuatlarini ko'rsatuvchi byelgilarni tuzish.

  3. Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish .

  4. Xotiradan o'z shaxsiu tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, maktabda va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo’lib o'tgan yeng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.

  5. Ta'limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: "Qo'g'irchoq, o'yinchoqni top", "Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor", "Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", "Qo'g'irchoq, qo’limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top-chi?" va boshqalar.

  6. Ijodiy hikoya qilishga, o’qituvchi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiuashi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3-4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.

Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib byerishning xuddi katta guruhdagi kabi turlari ko’rsatilgan.

  1. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOTNI HIKOYA QILIB BERISHGA O'RGATISHDA FOYDALANILADIGAN USULLAR.

Bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:




  1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Vu usul birmuncha yengil usul bo’lib, tarbiyachi bolalarga narsa-buuum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam byeruvshi ta'limiy usul bo’lib hisoblanadi.

Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo’lishi, ya'ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. Masalan, o'qituvchi o’yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
-Mana bu ayiqcha, u jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqcha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.
Bolalar namuna hikoyadan yaxshi foudalanishlari ushun uning matni qisqa gaplardan iborat bo’lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o’rgatish jarayonini uyengillashtiradi, bolalar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. bundan tashqari, namuna o’quvchilarning hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning hajmini, ketma- ketligini belgilaydi.
Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan 1 - 2 bola takrorlashi mumkin.
Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning borishida foydalanish kerak. Undan mashg'ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki o’quvchilar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o’z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar.




  1. Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 - 3 asosiy savoldan iborat bo’lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namhna usulidan foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2-3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja asosida so’zlab berishga o'rgatish mustaqil yetakchi usullardan biri bo’lib qoladi. Bolalar hikoyasi xilma-xil bo’lishi uchun o’qituvchi oldindan asosiy va qo'shimcha reja tayyorlab qo’yishi kerak. Bu masg’ulot jarayonida savollarni almashtirish bolalar diqqatini faollashtiradi.

Masalan, maktabga tayyorlov guruhi bolalarga o’z guruh xonalarini tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin:

  1. Xonani kim toza saqlaydi.

  2. Sen xonani yig'ishtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan?

  1. yoshli bolalar guruhi bilan dastlabki mashg’ulotlarda agar bola rejadan chetlashsa, uning nutqini bo’lmasdan oxirigacha tinglab turish lozim. Ammo asta sekin hikoyaning to’liq yoki izchil emasligini aytib boshqa bolalarni javobni to’ldirishga jalb qilishi kerak.

  2. yoshli bolalarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga qaratilganligi va izchilligiga) qo’yadi. Shuning uchun o’quvchilarni hikoya rejasiga amal qilishga o’rgatush kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o’z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir.

Tarbiyachi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib ketganini o'zi ko'rsatibgina qolmay, balki bolalarni o'rtog'ining hikoyasini nazorat qilib borishga jalb qilishi kerak.
(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushunarli bo’lishi uchun avval nimani hikoya qilib byerish yaxshiroq?)
Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli, hikoya ryejasini berish usuli esa ancha qiyin. Vu usul murakkab bo’lishiga qaramay, bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi.

  1. Rejani jamoa bo’lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va uning mazmunini boyitishni uyengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo’lib




muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan maktabga tayyorlov guruhlarida va 1- 2- sinflarda ryeja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi. Masalan, o’qituvshi o’quvchilarga shunday uo'llanma beradi: "Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib byering. Jo'jalar qauyerdan paydo bo'ladi? Ulami qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"
Vu usulning mohiyati nimadan iborat?
Hikoyani tuzishga qadar tarbiyachi bolalar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni muhokama qiladi, ya'ni hikoya mazmunining xilma-xil bo’lishi imkoniuatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, "Bola qanday kushuksha topib oldi?") bir necha o’quvchi joyida o'tirgan holda javob byerishini taklif etadi. Bolaning joyida o'tirgan holda javob berishi - bu hali hikoya emas, balki bir yoki bir necha gapdir. Hikoya ryejasini jamoa bo’lib muhokama qilish usuli esa bolalarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, bolalarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.

  1. Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.

Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan o’quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida o’qituvshi va o’quvchilar ayrim javoblarni tinglaudilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ulab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaudi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o’qituvchi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o’zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2-3 o’quvchi takrorlaudi. Vu usulning mohiyati shundaki, dars mashg'ulotida barsha bolalar faollik ko'rsatishadi, ularning xauollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish, so’zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monologik nutqni rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan.

  1. Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.




Dars mashg'ulotining bu qismi unsha uzoq bo'lmasligi, bolalarga 4 - 5 savol berish bilan kifoyalanish lozim.

  1. Adabiy asar matnini ikkinchi marta o’qib berish (yoki hikoya qilib berish). O'qib berishdan va o’qituvchi o’quvchilarga asarni diqqat bilan tinglashni, uning mazmunini esda olib qolishni, kyeuin qayta hikoya qilib byerishlarini ta'kidlaydi.

  2. O’quvchilar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida o'zbek xalq ertaklaridan "Uch tulki" yertagini qayta hikoya qilish mashg'ulotini keltiramiz.

Tarbiyachi yertakni o'qib byerishdan (yoki hikoya qilib byerishdan) avval o’quvchilarga quyon, qo'ng'iroq, eshak va uning bolasi xo'tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki, bola tulki) rasmlarini ko'rsatadi va o’quvchilardan ularning nomini so'raydi. O’qituvchi bolalardan tulki qanday hayvon yekanligini, eshak, uning bolasi xo'tik, quyon qandau hayvon yekanligini so'rab oladi. So'ngra o’qituvchi o’quvchilarga mana shu hayvonlar, "Uch tulki" ertagida uchrashini aytadi va bolalarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o'qib beradi). Shundan so'ng asar mazmuni uuzasidan savollar beradi: "Hozir myen sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida uozilgan? Ertakdagi tulkilar qandau? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular qandau qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining bolasi Qashqani (quuonni) qandau qilib aldaganini kim eslab qoldi?
Tarbiyachi o’quvchilarga savollarga hammalari to'g'ri va aniq javob byerganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, "Hozir myen bu yertakni uana bir marta hikoya qilib byeraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni myenga qayta hikoya qilib berasizlar", - deydi.
Asarni ikkinshi marta hikoya qilib bergach, 5 - 6 o’quvchini ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Nar bir o’quvchining qayta hikoya qilib berishlari baholanadi. Masalan: "Bekzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo uning hikoyasi to'liq bo'lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi".




Boshlang’ich ta’limda keyingi jarayonlarda o’quvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida qayta hikoya qilishga o'rgatishda turli usullardan foydalaniladi:

  1. o’qituvchi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish ;

  2. o’quvchilarga tanish bo'lgan ikkita-uchta asarlardan birini o'z xohish- istaklari bilan qayta hikoya qilish;

d) asarni sahnalashtirib, qayta hikoya qilish.
O’quvchilar o'rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi.
Bunday muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo’lib, u o’qituvchidan katta mahoratni, har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Uana bu ishning murakkabligi shundan iboratki, o’quvchilar hamma hikoyalami eslarida saqlashlari lozim bo'ladi, shuning uchun o’quvchilarning hikoyasini yozib borgani ma'qul, so'ngra ularning ba'zilarini muhokamadan avval o'qib berishi kerak. Muhokamani tashkil etish o’quvchilarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va uomon tomonlarni seza olishga, o'rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalashga yordam beradi.
Savod o’rgatish davri o’quvchilarini rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatish quyidagicha amalgam oshiriladi.
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. o’qituvchi rasmlar yordamida bolalarning tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivojlantiradi, xotirani mustahkamlaudi va nutqni boyitadi. Shuningdyek, ko'rish imkoniyati bo'lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to'g'risidagi bilimlarini aniqlaydi va to'ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (myehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o'z o'rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, ryerroduksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
M. M. Konina bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o'rgatishning quyidagi mashg'ulot turlarini ajratib ko'rsatadi: l) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; 2) voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy




II BOB. BOLALARDA MUSTAQIL BADIIY NUTQNI SHAKLLANTRISHNING HAMDA BADIIY NUTQ FAOLIYATIGA O’RGATISHNING AMALIY ASOSLARI.
2.1. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI BOLALAR BADIIY ADABIYOTI BILAN TANISHTIRISHGA QOYILADIGAN TALAB VA VAZIFALAR.
Axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta’sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko’rsatadi.
She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his - tuyg’ular va o’zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o’z ta’sir kuchiga ko’ra turlicha bo’ladi: hikoyalarda bolalar so’zlarning lo’ndaligi va aniq ligini bilib oladilar, sherlarda o’zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligani ilg’aydilar, xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko’rsatadi.
Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg’urishni o’rganganlaridan so’ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his- tuyg’ulari - birovning dardiga sherik bo’lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko’rsatish qobiliyati uyg’ona boshlaydi. Bu prinsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik xislari tarbiyalanadigan poydevordir. Has- tuyg’ular bilimdan oldin keladi. Kimki haqiqatni his qilmagan bo’lsa, u buni tushunmagan va tanimagandir.
Xalq - bolalarning betakror o’qituvchisidir. Xalq asarlaridan boshqa hyech qaysi asarlarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib joylashtirilishini, jarangiga ko’ra bir-biridan zo’rg’a farq qiladigan so’zlarning hayron qolarli darajada yonma-yon terilishini uchratish qiyin. Beozor hazillar, nozik yumor, sanoq she’rlar - pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali vositasi, dangasalik, qo’rqoqlik, o’jarlik, injiqlik, faqat o’zini o’ylash (egoizm) kabi xislatlarga qarshi yaxshigina «malhamdir».
Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini,




fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruhida tarbiyalangan bolalar o’z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o’zlarining adolatparvarligani namoyon qiladilar va albatta bolalar estetik, ayniqsa axloqiy tasavvurlarni kattalarning (ota- onalar, pedagoglar) o’qib chiqilgan asarlar bo’yicha nasihatnamo muloxazalaridan, tayyorlangan savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy asarlardan olishlari lozim. O’qib chiqilgan asar bo’yicha haddan tashqari ko’p nasihat qilish katta, ko’pincha esa tuzatib bo’lmas ziyon yetkazadi: mayda-chuyda savollar bilan «sochib tashlangan» asar bolalar ko’z o’ngida o’zining barcha jozibadorligini yo’qotadi, oqibatda unga nisbatan bolalarning ham qiziqishi yo’qoladi. Shuning uchun badiiy matning tarbiya imkoniyatlariga to’liq tayanish zarur.
K.D. Ushinskiy shunday yozadi: «Bola ona tilini o’rganar ekan, u faqat shartli tovushlarnigina o’rganmaydi. Balki ona tilining ona ko’kragidan ma’naviy hayot va kuchni ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hyech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar xarakteri u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hyech qanday tarixchi bunga qodir emas, u bolani xalq udumlari, xalq she’riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hyech bir estetik bunga qodir emas, nihoyat u bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, albatta, boshqa biron-bir faylasuf bunga qodir emas». Buyuk pedagogning ushbu so’zlarida nafaqat ona tilini o’zlashtirish natijalari, balki uni o’rganish metodi: «nafaqat ko’p narsani o’rgatadigan, balki hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo’lmaydigan metod asosida o’qitadigan o’qituvchi tiliga ishonch ko’rsatib berilgan.
Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.
Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o’zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo’yadi. Yoshi o’sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she’r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan




holda ulami har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko’rib chiqamiz.
Ilk yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni qabul qilishining asosi -bu ularga nisbatan emosional javob, turli xil ohanglarni ilg’ab olish, ularga munosabat bildirish, imkoniyat darajasidagi adabiy asarlar qahramonlarini tanib olish va ular haqida qayg’urishdir. Ushbu yoshdagi bolalar uchun kichik shakldaga she’riyat, ya’ni folklor va mualliflik she’riyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bosh qahramonlari bolalar, hayvonlar bo’lgan, o’yinli va maishiy vaziyatlar bayon qilingan asarlar bolalarga juda qiziqarlidir.
Bola kattalar bilan birgalikda matallar va sanoq she’rlar syujetlari asosida ishtiyoq bilan o’yinlar tashkil qiladi, u tovush taqlidiga va folklor yo’nalishidagi bir maromdagi takrorlashlarga quloq tutadi hamda ularga takdid qiladi. Bola adabiy asarlarda bayon qilingan voqyealarni juda jiddiy qabul qiladi. O’ziga yoqib qolgan ertakni bir necha marta eshitishga ham tayyor. Uning qahramonlarini illyustrasiyalar va o’yinchoqlarda xursand bo’lib tanib oladi, har gal ertakning baxtli yakunini berilib kutgani holda syujet harakatlarining odatdagi ketma-ketligini sinchkovlik bilan kuzatib boradi. Kichkintoylarga mo’ljallangan badiiy asarlar soni unchalik ko’p emas. Shuning uchun ular ko’p martalab takror jaranglashi, bolaning kundalik hayotiga kirib borishi va unda badiiy asarni his qilishning birlamchi asoslarini rivojlantirishi lozim. Ilk yoshdagi bolalarga o’qib beriladigan asarlar doirasini asosan folklor asarlari tashkil qilali. Ular eng yaxshi tarzda ilk yoshdagi bolalar ehtiyojlariga mos keladi, chunki u so’z, ohang, musiqa va harakatni o’zida jamlagandir. Bolalar hayvonlar haqidaga xalq ertaklari bilan tanishadilar: «Sholg’om», «Bo’g’irsoq», «Uycha», «Chipor tovuq» va boshqalar.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-onalarning vazifalari:

  1. bolaga so’z san’ati olamini ochish, kitobga qiziqish va mehrni, uni tinglash va tushunishni, xayoliy voqyealarga emosional munosabat bildirishni, qahramonlar haqida qaygurish va «ularga yordamlashish» hissini tarbiyalash, ya’ni bolalarni badiiy rivojlantirish, ularni bo’lajak kitobxon sifatida shakllantirish;




  1. hikoyani tinglash va tengdoshlari bilan birgalikda bilish malakasini hosil qilish;

  2. bolalarga sanoq she’r matniga mos keluvchi o’yin harakatlarini bajarishni o’rgatish;

  3. bolalarda xalq asarlari, she’rlar, qo’shiqlar ohangdorligi va musiqiyligiga nisbatan emosional munosabat bildirishni tarbiyalash;

  4. bolalarga adabiy asarlar ko’p martalab o’qilganida va hikoya qilinganida ularning qahramonlarini tanib olishda yordamlashish;

  5. bolaning she’rlar va ertaklardan ayrim so’zlar hamda ifodalarni takrorlashga rag’batlantirish;

  6. illyustrasiyalarni ko’zdan kechirishni, ulardan adabiy asarlar qahramonlarini tanib olishni va illyustrasiya mazmuni bo’yicha oddiy savollarga javob berishni o’rgatish (Kim bu? Quyonning qulokdari qani? U nima qilayapti? Sichqon qani? va h.k.).

  7. bolalarga dastlab ko’rgazmali asosda (suratlar, o’yinchoqlar, harakatlar), so’ngra esa ko’rgazmasiz taqdim qilinayotgan qisqa she’rlar, sanoq she’rlar, ertaklardagi harakatlar rivojini kuzatib borishni o’rgatish;

  8. bolani ilk yoshdagi bolalar uchun maxsus chop etilgan (rang-barang, yirik suratli, muqovasi qattiq va yuviladigan) kitoblardan mustaqil ravishda foydalanishga undash.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish bolalarda adabiy asarlarni estetik qabul qilish qobiliyati va mahoratini tarbiyalash, ularda badiiy-nutqiy faoliyatni rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir.
Ilk yoshdagi bolalar bilan pedagogik ishlar mazmuni va shartlari qanday bo’lmog’i
lozim?
Tarbiyachining badiiy asarni o’qish yoki hikoya qilish jarayoniga u xuddi ana shu voqyealar tomoshabini yoki ishtirokchisi sifatida emosional tarzda qo’shilib ketishi bolalar bilan pedagogik ishlarni olib borishning eng muhim sharti hisoblanadi. Aynan bir asarning o’zi ko’p marta takrorlanishi lozim: tarbiyachi suratli kitobdan «Sholg’om» ertagini o’qiydi, so’ngra uni kitobsiz hikoya qilib




beradi, o’yinchoqlar bilan ko’rsatadi, guruhga boshqa rassom tomonidan ishlangan illyustrasiyalarni olib keladi, bolalar bilan birgalikda o’qiydi va hikoya qiladi.
Kattalar badiiy so’zni bolaning kundalik hayotiga doimiy ravishda kiritib borishlari (Uxla, qarog’im mening), bolaning o’z ismini u yoki bu o’yin yohud maishiy vaziyatga mos keluvchi xalq qo’shig’iga qo’shib aytishlari lozim (Allayo - alla, Gulnor qizim uxlasin, alla va h.k.). Tarbiyachi (kattalar) bolalar bilan birgalikda tanish va notanish kitoblardagi illyustrasiyalarni ko’zdan kechirishi, bolalarni tanish asarlar, illyustrasiyalar va o’yinchoqlar qaqramonlarini tanib olishga, qahramon ismi va uning harakatlari nomini aytishga, shuningdek, badiiy matnning ayrim ifodali qismlarini aytib berishga («Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim momomdan,..») undashi darkor.
Ayniksa, 4-5 nafar boladan iborat bo’lgan kichik guruhlar bilan kitoblarni ko’rib chiqish va o’qish, shuningdek, har bir bolaning tanlab olingan va guruhda saqlanayotgan kitoblardan erkin foydalanishi uchun tegishli sharoit yaratilishi alohida ahamiyatga egadir. Bolalarga barcha notanish so’zlar ma’nosini darhol tushuntirib berishga, xususan obrazli tavsiflash yohud u yoki bu ertakdan kelib chiqadigan ma’noni o’z so’zlari bilan aytib berishga intilmaslik zarur.
Ilk yoshdagi bolalarga badiiy adabiyotni tanishtirish jarayonida ularda bilish va nutqiy qobiliyatlarini hamda nisbatan tegishli munosabatni rivojlantirish zarur.

Download 54,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 54,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., TDPU. 2008

Download 54,63 Kb.