2.4 Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda me’yoriy –huquqiy hujjatlarning ahamiyati
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani,davlat haqidagi ta'limotni, chunonchi, fuqa-rolik, oila, mehnat, xo'jalik, ma'muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tu-shuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so'zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT. Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida bolalarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir.
1997-yil 29-avgustda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi" g'oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo'lib xizmat qiladi. Huquqiy ta' lim va tarbiyао'zaro bog' liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta'lim bolalarga huquqiy me'yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to'g'risida tizim-langan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzagakeltirish, huquqiy ongni shakllantirishjarayoni bo'lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiy a shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta'lim va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir. Huquqiy tarbiya berish orqali inson huquqlari va uni himoya qilish tizimi uzluksiz o'rgatilib boriladi. Inson huquqlarini himoya qilish - Konstitutsiyaning asosiy prinsipi, O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo'nalishi va piijpvard maqsadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma'ruza va nutqlarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan quyidagi besh strate-gik yo'nalish belgilab berilgan:
1) inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexa-nizmini vujudga keltirish;
2)inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqning umum e'tirof etgan prinsiplari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;
3) qabul qilingan qonunlarga og'ishmay amal qilish mexanizmini ish-lab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustunligini ta'minlash;
4) odil sudlov islohotini amalga oshirish yo'li bilan butun sud tizimini demokratlashtirish;
5)aholi, ayniqsa, yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari xodimlari o'rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish.
O'zbekistonning inson huquqlari sohasidagi qonunchilik tizimini besh tarkibiy qismga bo'lish mumkin:
- birinchisi, fuqarolarning shaxsiy huquqlariga oid qonunlar vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, fuqarolarning murojaatlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish, umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat, muqobil xizmat to'g'risidagi va boshqa qonunlar;
- ikkinchisi, fuqarolarning siyosiy huquqlariga oid qonunlar «kamolot» birlashmalari, siyosiy partiyalar, saylovlar, fuqarolarning o'zini-o*zi boshqarish, kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoli-yatining kafolatlari, ommaviy axborot vositalari, axborot olish erkinligi va kafolatlari, referendum to'g'risidagi va boshqalar;
- uchinchisi, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar-mulkchilik, tadbirkorlik, yer, ijara, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, aholini ish bilan ta'minlash, garov, sug'uita, dehqon xo'jaligi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunlar, fuqarolik, mehnat, soliq, bojxona kodekslari;
-to'rtinchisi, insonning madaniy-ma'naviy huquqlariga oid qonunlar-fan, ta'lim, madaniyat, muzeylar, madaniy merosni himoya qilish, davlat tili to'g'risidagi va boshqa qonunlar:
- beshinchisi, inson huquqlariga oid halqaro hujjatlar (ko'p tomonlama va ikki tomonlama)
Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi.
Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi.Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojiantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkam-lash, huquqiy me’yorlarni hurmat qilishga erishiladi. Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruhda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma'nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim. Huquq - jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solish vositasidir.
|