Maktabgacha ta’limni boshqarishning metodi va vositalari




Download 50,3 Kb.
bet4/6
Sana14.05.2024
Hajmi50,3 Kb.
#230572
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejmentning rivojlanish tamoyillari

2.3 Maktabgacha ta’limni boshqarishning metodi va vositalari
Ta’lim tashkiloti rahbarlari oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda pedagog xodimlarning faoliyati, bilim, ko‘nikma va malakalar darajasinisi, qobiliyatlarini, shaxsiy xislatlarini, shuningdek, ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning murakkab tomonlarini faol o‘rganishlari va shular asosida boshqaruv jarayonini takomillashtirish, samaradorligini oshirishga yordam 157 beradigan qarorlarni qabul qilishlari hamda ularni amalga oshirsh uchun turli tadbirlarni amalga oshirshlari zarur. Ta’lim muassasalarini boshqarishni ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi keltirilgan muammolarni inobatga olish va ularni ijobiy yechimlarini topish boshqaruv faoliyatida samaradorlikka erishishning asosiy sabablaridan biri sifatida xizmat qiladi: -ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida innovatsion tuzilishga ega bo‘lgan murakkab pedagogik tizim sifatida yondashish; -rahbarning boshqaruv madaniyati, shaxslararo munosabatlar hamda tarbiyaviy munosabatlarni ilmiy asoslangan tamoyillar asosida shakllantirish; -ta’lim tashkilotining innovatsion faoliyati jarayonida rahbarning kasbiy mahorati va o‘zi haqidagi fikrlariga ilmiy yondashish; -ta’lim tashkilotlarini boshqarish jarayonida innovatsion yondashuvlarning natijalari bo‘yicha teskari aloqani yo‘lga qo‘yish. Boshqaruv samaradorligiga erishish uchun ta’lim tashkiloti rahbarlari muassasaning asosiy maqsadlari yo‘nalishida strategik rejalashtirish sirlarini, boshqaruv usullari, metodlari hamda tamoyillari, innovatsion texnologiyalarni bilishi va bular asosida jamoaning integrativ faoliyatiga murakkab pedagogik tizim sifatida yondashuvlarga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyatni tashkil etishi zarur hisoblanadi. Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari (talabaning vazifalari). Talaba ushbu mavzuni to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng boshqaruv tamoyillari va usullari, rahbarning vakolatlari, rahbarning ish vaqtini rejalashtirish, boshqaruv mexanizmi, ishontirish mexanizmi, bo‘ysinuvchi shaxslar bilan munosabatlar, rag‘batlantirish, rag‘batlantirish tarkibi, mexanizmi va nazoratini o‘rganadilar. Ijodiy yoʻnalish prinsipi o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda qo‘llaniladi. Uni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar orqali asoslanadi: o‘quv faoliyati turlarining har xilligi (maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, kollokvium, mustaqil ta’lim, malakaviy amaliyotlar, 158 kurs ishlari va h.k.); o‘qitiladigan fanlarning turli-tumanligi; ta’lim oluvchi shaxslarning o‘ziga xosligi. Muntazam rejalashtirish prinsipi o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ta’lim massassasining barcha bo‘linmalarida qo‘llaniladi. Moslanuvchanlik prinsipini holat o‘zgarib turgan sharoitda faoliyat ko‘rsatilayotgan rahbarlar qo‘llaydilar. Hamfikrlilik prinsipi boshqaruv idealogiyasini aniqlaydi (har bir munosabat). Hamkorlilik prinsipi kafedrani, fakultetni, bo‘lim hamda rektorat tomonidan boshqaruvda qo‘llaniladi. Buyurtmachiga yoʻnaltirilganlik institutning yuqori kurslarida talabalarni buyurtmachiga moslashtirish kasb sirlarini chuqur o‘zlashtirishlariga erishishni nazarda tutadi. Ijobiy fikrlash prinsipi hamma vaqt boshqaruvning boshqa prinsiplari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Vakolat berish prinsipi xodimlarning malakasini oshirishda qo‘llaniladi. Boshqaruv prinsiplarini tanlash va samarali tarzda foydalanish muvaffaqiyatga erishishning asosi xolos. Boshqaruv samarasining muhim omili boshqaruv usulidir. Boshqaruv usuli. Boshqaruv usuli rahbarning boshqa qo‘l ostidagi rahbarlarga vakolatlar bershi, ularga imkoniyatlar berish, takliflaridan foydalanish, ularga ishonish va ularning harakat rejalarini amalga oshirishga bog‘liq boʻladi. bularga mos ravishda rahbarning o‘zini tutishining turt xil usuli mavjud: 1) Avtokratik. 2) Byurokratik. 3) Demokratik. 4) Aristokratik. 159 Avtokratik usul rahbar o‘z g‘oyalarini (kidirib topgan g‘oyalarni), rejalarni xech kim bilan maslahatlashmasdan amalga oshirishi bilan harakterlanadi. O‘z fikrini buyruq bilan amalga oshiradi. Byurokratik usulda boshqaruv rasmiy tus oladi instruksiyalar, buyruqlar, qo‘llanmalar, qog‘ozlar bilan ishlanadi. Demokratik usul rahbar va jamoani o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatining optimal munosabatiga asoslangan. Uning xususiyati - bajaruvchilarning rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayonida faol qatnashadilar. Rahbar tomonidan o‘z qo‘l ostidagilarga ishonch bildirilishi va ularni ruhlantirishi natijasida yuqori darajada unumdorlikga erishiladi. Xodimlariga «Buni biz o‘zimiz amalga oshirdik» deyish imkonini beradigan rahbar eng yaxshi rahbardir. O‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda demokratik usul, yuqori tashqi yurtlarning dedektiv buyruklarini amalga oshirishda avtokratik, xisob va xisobot masalalarida byurokratik usuldan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Rahbar va hokimlik. Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi. ta’sir etish vositasi sifatida hokimlik besh xil boʻladi: o Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish, xizmat mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va h.k. lar bilan qo‘rqitish. o Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar ehtiyojlarini qoniqtirish orqali ta’sir qilish. o Eksport hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali amalga oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng optimal qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor o‘rtasida, o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir. o Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy xususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘xshashga harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal 160 qiling:  Sizni barcha kollektiv a’zolari diqqat bilan kuzatib turganliklarini esdan chiqarmang.  O‘zingizda yoʻlboshchilik sifatlarini rivojlantiring.  Zararli odatlarda ko‘tilishga harakat kiling.  Nutqingizni ko‘zatib boring.  O‘z qarorlaringizda muhim boʻling, ketma-ketlikga rioya qiling.  Tashki koʻrinishingizni tartibga soling.  Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga qiziqtiring.  Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan hisoblashing.  Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga boʻysunish an’anasiga asoslangan. Bu tarixiy shakllangan munosabatlar usulidir. Bu usulda bajaruvchi xodim rahbar xodimga emas, balki ma’lum mansabga boʻysunadi. Bu rahbarni o‘z qo‘l ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay usulidir. Ammo, o‘zgarishlar vaqtida bu usul samara bermaydi. Hozirgi bosqichda ta’lim va tarbiyada novatorlik yondashuvi jadal rivojlanayotganligi ta’lim tashkiloti faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlardandir. Yangicha sharoitlarda «ta’lim» tushunchasi mazmunini tubdan qayta idrok etish zarur. Bu uzluksiz ta’limning o‘xshash tizimi yordamida ijtimoiy va kasbiy moslashgan yaxlit shaxs mazmunining maqsadi, vazifalari, metodlari va vositalarini shakllantirishni qayta idrok etishni bildiradi. Shu munosabat bilan bilimlar va hayotga «ta’lim» tushunchasini shaxs tashabbusining ahamiyatini ta’kidlaydigan tarzda yondashuv sifatida tushunish lozim. Shu bois «ta’lim» tushunchasi bu tez o‘zgaruvchan dunyoda yashash uchun zarur bo‘lgan yangi metodologik usullar, ko‘nikmalar, ko‘rsatmalar va qadriyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Boshqacha aytganda, ta’lim shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga ega yangi vaziyatlarni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun harakatlanuvchi jamiyat tomonidan prognoz qilingan zarur ijtimoiy-axloqiy 161 jarayondir. Uzluksiz ta’lim tizimi qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi, «ta’lim» so‘zining qayta idrok etilishi «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’limni «innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan: 1. Voqealarni «oldindan ko‘ra bilish», o‘zini real voqelikda va keyingi ijtimoiy va kasbiy rolini anglab yetish qobiliyatini tarkib toptirish; shaxsni ongli, oldindan anglab yetilgan muqobillarni — umumiy xulq-atvorni, ishonche’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyoqarashni tanlashga yo‘naltirish. 2. Mahalliy (shaxsiy yo‘naltirilgan) tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beruvchi «qatnashish» prinsipini ro‘yobga chiqarish. Raqobatbardosh malakali kadrlarning eng muhim sifatlari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: — o‘quvdagi o‘zlashtirishning yuqori darajasi va o‘zini o‘zi rivojlantirishga qodirligi; — mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida tegishli ta’lim tashkilotida olingan malakani tasdiqlash; — ishlab chiqarishda yuqori darajadagi ijtimoiy faollik va mehnat unumdorligi; — ishlab chiqarishda intizomlilik, mas’uliyat, ixtirochilik, ijodkorlik; — o‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadalar hamda tanlangan kasb mahorati tanlovlarida qatnashish va g‘olib chiqish; — ta’limni davom ettirishga ehtiyoj. Ta’lim tashkilotining aynan shunday xislatlarga ega bo‘lgan bitiruvchisi qo‘yilgan talablarga muvofiq mahsulot tayyorlashi yoki xizmat ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim muassasalari, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish uchun, 162 rivojlanish yo‘lidan borishi kerak. Aksariyat amaliyotchi xodimlar buni anglab yetgan holda, eskicha yondashuvlarni takomillashtirishni emas, balki ta’lim tizimini innovatsion strategiya ruhida rivojlantirishni tan olmoqdalar. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi innovatsion harakat jamiyatdagi real o‘zgarishlarni va shaxs ehtiyojini hisobga olishga yo‘naltirilgan. Innovatsion ta’lim strategiyasi ta’lim sifatini boshqarishda alohida boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning asosiy obyektlari hisoblanadi: — pedagog mutaxassis, fuqaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida; — ta’limning mazmuniy negizi; — pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda hamda ta’lim va tarbiya amaliyotida «innovatsiya» so‘zi qanday tushuniladi? Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar ushbu hodisani o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, ayrim mualliflar «yangiliklar yaratish, ularning pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi va ta’lim amaliyotida foydalanilishi jarayonlari»ni (N. Yusufbekov) innovatsion jarayonlar deb hisoblashni taklif qilmoqdalar. Ular innovatsiyani, jamiyat madaniy o‘zgarishlarining negizi sifatida ko‘rib chiqmoqdalar-ki, bu bizningcha, juda qimmatlidir. Boshqalar esa «pedagogik tizimning tartibga solinmaydigan erkin maydonida rivojlanish istiqboliga oid ehtiyojga ta’sirchanligi asosida vujudga kelgan yangiliklar uning mikroevolyutsiyalar fondini tashkil etadi», deb hisoblamoqdalar (V. N. Vinogradov). Uchinchi toifa mualliflar yangilikni ancha murakkab xususiyat, deb hisoblaydilar. Uni o‘rganish uchun abstrakt xususiyatlarga nazariyasini jalb etish tavsiya qilinadi-ki, bu nazariya ko‘plab tavsifli xususiyatlarni ular shkalasining koordinata o‘lchovlari sifatida ko‘rib chiqadi (M. S. Burgin). 163 Ayrim olimlar yangi maqsadlarni, metodlarni, metodikani, dasturlarni, vositalarni, mazmunni, faoliyatni tashkil etish shakllarini, boshqaruv turlarini va boshqalarni yangilik sifatida talqin qilmoqdalar. «Yangilanish — yangi hodisa, yangi odat, yangi metod, ixtiro», — degan ta’rif ham mavjud (Yu. Krasovskiy). «Maktabni rivojlantirish — innovatsion jarayon» nomli kitob mualliflari ta’kidlab o‘tganlaridek: «Pedagogik innovatika — ta’lim tashkilotini rivojlantirishning yangi ta’lim amaliyotini yaratish bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rganadigan fan sohasi. Bu jarayonlar innovatsion jarayonlar deb nomlanadi» (S. G. Xomeriki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensov). Bunday aniqlik ta’lim tizimi xodimlariga muayyan foyda keltirishi mumkin. Shunday qilib, ta’limda innovatsiyalar yangi jarayonlar, konsepsiyalar, ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi va h. k. Ammo, amaliyot ko‘rsatishicha, innovatsion faoliyat ta’lim tizimining hamma xodimlari tomonidan ham to‘g‘ri tushunilavermaydi va samarali amalga oshirilavermaydi. P. Shedroviskiy ta’kidlab o‘tganidek, «innovatsiyalikni bugungi kunda mavjud bo‘lgan bironta ham funksiyasini innovatsiyaning takrorlash, chiqish deb nomlash mumkin bo‘lgan narsani ta’minlay olmaydi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ayrim innovatsiya emas, balki umuman innovatsion harakat ko‘rib chiqish va tahlil qilishning boshlang‘ich parametri bo‘lishi kerak». U «pedagogik yoki ta’lim innovatsiyalarini» emas, balki «innovatsion strategiyani», «faoliyatni innovatsion tashkil etish»ni aniqroq deb hisoblashni ko‘zda tutadi. Biz innovatsiyani bunday talqin qilish tadqiqotchilarga bu jarayonni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi, deb hisoblaymiz. M. M. Potashnik innovatsiyalarning boshqa muhim xususiyati — yangiliklar ta’lim tashkilotini rivojlantirish vazifasini hal qilish imkonini berishi deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, innovatsiyalar «moda» uchun va «qizg‘in» tadqiqotchilik faoliyati olib borilayotganini ko‘rsatish uchun emas, balki 164 o‘quvchilar foydasini ko‘zlab kiritiladi. Boshqaruv xodimlari va pedagoglar muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina yangiliklarni samarali o‘zlashtirish mumkinligini anglab yetishlari juda muhim. Bunga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: — ta’lim jarayoni qatnashchilarining faol ishchanligi bosqichma-bosqich shakllantirilishiga rioya etish; — ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari tomonidan o‘zlashtirish maqsadlarining chuqur anglab yetilishi va qabul qilinishi hamda kelgusi faoliyat vazifalari aniq tushunib olinishi; — bunda ushbu vazifalarning shaxsiy maqsadlarga zid bo‘lgan qismining har doim yuzaga keladigan qarshilik ko‘rsatish omilini hisobga olish; — fikr almashish aniq va xolis axborot ayirboshlash; — amaliy qarorlarni jamoa bo‘lib ishlab chiqish va qabul qilish. Pedagogik kadrlarni jiddiy qayta tayyorlamasdan, ta’lim tashkilotini tegishli moddiy-texnika bazasi, moliyaviy, o‘quv-dasturiy ta’minlamasdan turib innovatsion faoliyatni samarali tashkil etib bo‘lmaydi. Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni rahbariyat tomonidan majburlash chorasi bilan emas, balki xodimlarga harakat qilishda mustaqil va erkin ish olib borish imkoniyatini berish bilan kechadi. Pedagoglar jamoasining ishiga aniqlik olib kirish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar va mezonlarning obyektiv ro‘yxatini oldindan ishlab chiqish, ularga bebaho yordam berishi mumkin. Pedagogik tadqiqotlarda innovatsiyalar yangiligini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Kiritilayotgan yangiliklar alomatlarining variantlaridan birini keltiramiz (P. Shedroviskiy): — boshqacha ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan tuzilish (birinchi daraja); — ma’lum narsani uncha muhim bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan takrorlash (ikkinchi daraja); — ma’lum narsani aniqlash, konkretlashtirish (uchinchi daraja); — ma’lum narsani muhim elementlar bilan to‘ldirish (to‘rtinchi daraja); 165 — sifat jihatidan yangi obyektni tashkil etish (beshinchi daraja). Ta’lim tashkilotida uni tizimli tashkil etish yangiliklarni o‘zlashtirishning yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda quyidagilar muhim tarkibiy qismlar hisoblanadi: — ta’lim tashkilotining vazifasi, uning yangi maqsadlari va vazifalari; — boshqaruv xodimlari va pedagoglar shaxsi, ularning o‘zlariga va ta’lim oluvchilarga nisbatan nuqtai nazari; — o‘quvchi shaxsi; — o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan bilimlar funksiyasi, tuzilmasi; — ta’lim texnologiyasi va vositalari; — tashkiliy tuzilma, pedagogik mehnat madaniyati va boshqalar. Yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish jarayonini har qanday ta’lim tashkilotini rivojlantirish yo‘li sifatida ko‘rib chiqqan holda kiritilayotgan yangiliklardan kutilayotgan natijalarni baholashning quyidagi asosiy mezonlarini ajratib ko‘rsatamiz: 1. Natijalar ta’lim tashkilotining avvalgi yoki ushbu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari uchun xos bo‘lgan natijalardan yuqori, shuningdek maqbul bo‘lishi kerak. 2. Rejalashtirilgan natijalarni olishga sarflanadigan vaqt namunaviy yoxud me’yoriy sarflanadiganiga nisbatan kamroq yoki ularga teng bo‘lishi kerak. Ta’lim tashkiloti barcha xodimlarining birgalikda harakat ishi bir-biriga muvofiq bo‘lishiga erishish va tashkiliy madaniyat bunday boshqaruv samaradorligining zarur sharti bo‘lib qolishi kerak. Innovatsion jarayon bo‘lgan ta’lim sifatini boshqarish quyidagi belgilarga ega: Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi. Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali 166 ta’lim sifatining boshlang‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash obyekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi. Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi. Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi kerak. Ikkinchi belgi. Rivojlangan tashkiliy madaniyatning mavjudligi. Oldingi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, jamoada me’yorlar tizimlarini, qadriyatlarni, urf-odatlar va an’analarni yuqori darajada shakllantirmasdan turib, ta’lim sifatini boshqarib bo‘lmaydi. Bularning hammasi ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari o‘rtasida uyg‘un o‘zaro munosabatni vujudga keltirish imkonini beradi. Tashkiliy madaniyat ta’lim tashkilotining eng muhim quyidagi vazifalarini funksional jihatdan hal qilishda yordam beradi: — muvofiqlashtirish — belgilangan jarayonlar va xatti-harakat qoidalari yordamida amalga oshiriladi, bu jamoa barcha a’zolarining kelishilgan holda harakat qilishi imkonini beradi; — motivatsiya — bajarilayotgan ish mazmuni ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tushuntirib berilishini ko‘zda tutadi; — ixtisoslashtirish — ta’lim tashkilotining shunga o‘xshash ta’lim muassasalaridan xarakterli farqqa ega bo‘lishi demakdir; — kadrlarni jalb qilish — ta’lim tashkilotining boshqalaridan afzalligini 167 targ‘ib qilish, pedagoglarning ishlashi uchun maqbul shart-sharoit yaratish orqali hal qilinadi va h. k. (K. Shols). Uchinchi belgi. Ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion madaniyatning shakllanganligi. Bu ularning yangi bilimlar va faoliyat turlarini egallashga, o‘zgarishlarga, xavf-xatarga va javobgarlikka tayyorgarligini bildiradi. Boshqarish sohasidagi turli mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish yangi tipdagi menejer shaxsining eng muhim sifatlarini, xususan, mehnat jamoasi bilan maqbul munosabatda bo‘la bilish mahoratini ajratish imkonini beradi. Yangi tipdagi boshqaruv kadrlarining asosiy vazifasi — «Yangiliklar kiritishga yo‘naltirilgan boshqaruv munosabatlarining mos tizimini yaratish»dan iboratdir (Yu. Krasovskiy). Ta’lim tashkiloti rahbarlari tomonidan yangi tashkiliy-psixologik madaniyat ma’nosidagi kasbiy mahoratni oshirib borishning quyidagi obyektiv davrlarining o‘zlashtirilishini ham shunga kiritish mumkin: — o‘z imkoniyatlari bilan jamoa imkoniyatlarini o‘rganish; — o‘z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari orqali jamoa imkoniyatlarini bilish; — jamoa imkoniyatlaridan o‘z kasbiy mahoratini oshirib borish uchun foydalanish; — jamoa imkoniyatlarini o‘zida va o‘zi orqali ro‘yobga chiqarish. Boshqaruv kadrlarining pedagoglar va o‘quvchilarning har qanday foydali tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va o‘zlari ham shu ishga qo‘shilishga qodirliklarini ham innovatsion belgi deb hisoblash mumkin. Tavakkalchilik va mas’uliyat ta’lim sifatini boshqarishda boshqaruv kadrlarining, ayniqsa, yetakchining muhim xususiyatlaridandir. Ta’lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini tashkil qiladi. Direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq, 168 pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liq. Zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va o‘quvchilarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ talablarni bilish ham ushbu ro‘yxatga to‘liq kiradi. Bunda zamonaviy ta’lim muassasalarini boshqarayotgan shaxslarning kasbiy-tashkiliy, axloqiypsixologik sifatlari birinchi o‘ringa chiqadi. To‘rtinchi belgi. Ta’lim tashkiloti boshqaruv korpusi psixologikpedagogik madaniyatining yuqori darajadaligi. Bunday sifatning shakllanganligi ta’lim sifatini ta’minlashga doir faoliyatni loyihalashtirishning zarur shartidir. Ta’lim sifati va ta’lim tashkilotini boshqarishning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun rahbarlar konkret mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur. Biz psixologik-pedagogik mahoratni, eng avvalo, shular qatoriga kiritamiz. Ularning mohiyati, P. T. Frolov ta’kidlab o‘tganidek, topshiriqni ongli zaruratga, faoliyatning ichki ehtiyojiga aylantirish maqsadida mantiqiy va psixologik usullar yordamida xodimlarga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir» (P. T. Frolov). Ko‘rsatma-metodik xarakterdagi mahorat ham eng muhim ahamiyat kasb etadi. Bular tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: — pedagogik, boshqaruv faoliyati maqsadlarini ta’riflash; — uning natijalarini tahlil qilish va baholash; — ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etishda pedagogik metod va usullardan oqilona foydalanish; — xodimlarga malakali yordam ko‘rsatish; — ilmiy konferensiyalar, seminarlarni tashkil qilish va ularning ishida qatnashish; — rahbarning jamoatchilik fikrini vujudga keltirish, ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish, mas’uliyat hissini tarbiyalash orqali muhandis-pedagog xodimlarga ta’sir ko‘rsatish mahorati. Ta’lim tashkiloti rahbarlari pedagoglarga, va ota-onalariga yagona 169 pedagogik talablarni qo‘yishlari kerak. Bunda har bir xodimning individual imkoniyatlarini hisobga olish va chuqur o‘rganish, jamoa oldida turgan vazifalarni hal qilishda har kimning rolini ko‘rsatishga katta o‘rin beriladi. Ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish mеtodologiyasi uch xil tahlil darajasini: tadqiqotning umummеtodologik, xususiy mеtodologik va aniq mеtodikalarini o‘z ichiga oladi.



Download 50,3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 50,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’limni boshqarishning metodi va vositalari

Download 50,3 Kb.