|
Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvning umumiy tamoyillari
|
bet | 3/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 50,3 Kb. | | #230572 |
Bog'liq Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejmentning rivojlanish tamoyillari2.2 Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvning umumiy tamoyillari
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi еtarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha 20 ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 21 ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish; to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish; beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash; oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish; yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’limtarbiya jarayoniga jalb qilish; sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy 22 taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish; to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish. 3.Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiymaqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir. Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv obyekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997-yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish 23 tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi. Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan boshqaruv subyektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir. Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati kabilar. Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab olgan strategik vazifalar (o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqalar) hal qilinsa, ta’lim tashkiloti darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi. Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi. Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir 24 boshqaruv bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv hodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol namoyish etadi. Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. 4.Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi. Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, hodimlari sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan 25 asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham kerak bo‘ladi. Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘lyo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman dasturning bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib keladi. Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv obyektini bilishini, hech bo‘lmaganda, qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini qabul qilishga qodirligini anglatadi. Bilimdonlik tamoyili mehnatning funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan bog‘liq. Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom rahbar ko‘rsatmalarining, lavozim vazifalarining, yo‘riqnomalarning, buyruqlarning va boshqa dedektiv hujjatlarning, shubhasiz, bajarilishini ko‘zda tutadi. Intizom darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini belgilaydi. Ta’lim sifatini boshqarishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish xorijda XX asrning 20-yillarida, mamlakatimizda esa 50-yillarida boshlangan edi. Bizda bu ish uzoq vaqt mobaynida jahonda amalga oshirilayotgan ishlardan ajralgan holda olib borildi. Agar chet elda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish usullarini izlash ishlari avval boshdanoq ijtimoiy boshqaruvning umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, mamlakatimizda asosan pedagogika nazariyasi qoidalariga tayangan edi. Ammo 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab bu uzilish jadallik bilan bartaraf etila boshladi. Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini 27 o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlangʻich tasavvurga ega bo‘lish lozim. Umumboshqaruv G‘oyalari evolyutsiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, ko‘pincha turli boshlangʻich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘angan. Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan. «Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv vazifalari birmuncha anglab еtildi. Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham turli umumboshqaruv yondashuvlari G‘oyalari asosida olib borilishi mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi, 28 biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi. Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Boshqaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (ragʻbatlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakllantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi. Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning subyektiv boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi 29 qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tadqiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi. Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi? Bunda, shubhasiz, o‘quv-tarbiya jarayoni boshqaruvning markaziy obyekti hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi — bu pedagogikaning vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k. O‘quv-tarbiya jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga taalluqlidir. Ammo o‘qitish va tarbiya natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘ligʻdir. Kadrlarni qanday tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga kiradi. Ta’lim tashkiloti qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. Ta’lim tashkilotida, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv obyekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak. 30 Ta’lim tashkiloti, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liq ligini o‘rganishi lozim. Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilmaxilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim tashkilotining ijtimoiy institut sifatida rivojlanishiga ko‘ra boshqaruvning yangi vazifalari vujudga kelib, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi. Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shartsharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur. Boshqaruvda «boshqaruv obyekti va subyekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi. Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur. Boshqaruv obyekti — bu boshqariladigan obyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot, tashkilot va hokazo. Boshqaruv obyekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv obyekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi. Boshqaruv subyekti — bu boshqaradigan subyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejmentga nisbatan olganda, boshqaruv subyekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni 31 bajaruvchi muayyan bo‘gʻinlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘gʻin quyi bo‘gʻinga nisbatan boshqaruv subyekti sifatida yuzaga chiqadi. Boshqaruv subyekti va obyekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv obyekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, subyekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv obyekti faoliyatining eng muhim parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Boshqaruv tizimi obyektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv obyekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin obyektning holati haqida boshqaruv subyektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur. Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘angan va bir-birini taqozo etadi. Umuman boshqaruv sohasidagi va xususan ta’limni boshqarishdagi faoliyat menejmentning metodologik asoslarini shakllantirishda to‘liq hisobga olinadigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 32 Menejmentga tatbiqan metodologik yondashuv bilish va faoliyat usullarining boshqaruv maqsadlariga erishishga qaratilgan muayyan uslublaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Menejmentda jarayonli yondashuv keng tarqalgan hisoblanadi, boshqaruv bunda boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta’lim tashkiloti va umuman ta’lim maqsadlariga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatlarini taklif qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish, tashkil etish, yo‘lga qo‘yish (amalga oshirish); nazorat qilish. Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta’limni boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi. Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan belgilanadi. Binobarin, ta’lim tashkilotida ham, atrof-muhitda ham ko‘plab omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli yo‘q. Konkret vaziyatda unga birmuncha muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul hisoblanadi. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi. Vaziyatli yondashuv negizida tashkilotning faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlash yotibdi. Menejmentning amaliy maqsadlari uchun har bir muayyan vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillargina ko‘rib chiqiladi. Tizimli yondashuv boshqaruv xodimlari tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitida turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan odamlar, tuzilma, vazifalar va texnologiya kabi o‘zaro bog‘liq elementlarning majmui sifatida ko‘rib chiqishlari kerak. Tizimli yondashuv — ilmiy bilim va ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida boshqaruv obyektlarini tizimlar sifatida tadqiq qilish yotadi. Ushbu yondashuv hodisalarni boshqaruv ob’ektining holati va 33 dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha asosiy omillarni hisobga olgan holda hodisalarni yalpi o‘rganishga asoslangan. Tizimli yondashuv ta’limni, umuman mamlakatni rivojlantirish nuqtai nazaridan ta’limni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish hamda uning faoliyat yuritishining eng maqbul parametrlarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir ta’lim tashkilotining faoliyat yuritish jarayoni tizimli yondashuv yordamida aholining yuqori standartlarga javob beruvchi ta’limga bo‘lgan ehtiyoji, uni qondirishning muqobil imkoniyatlari, tashkilotda yuqori malakali kadrlarning mavjudligi kabi va boshqa turli omillar ta’sir ko‘rsatuvchi, jo‘shqin rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi mumkin. Boshqaruvda tizimli yondashuvning qo‘llanilishi muammolarni mos ravishda yo‘lga qo‘yish hamda ularni hal etishning samarali strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu yondashuvning o‘ziga xos metodologik xususiyati shundaki, u boshqaruv obyektining yaxlitligini ochib berishga, uning tashqi muhit bilan xilma-xil aloqalarini aniqlashga va ularning yagona nazariy manzarasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkab boshqaruv yеchimlarini tayyorlash va asoslash uchun foydalaniladigan, metodologik vositalar yigʻindisidan iborat bo‘lgan tizimli tahlil boshqaruvda tizimli yondashuvning muhim jihati hisoblanadi. Tizimli yondashuv va tahlilni qo‘llash sohasini kengaytirish mohiyati maqsadlarni aniq belgilashdan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun dasturlar ishlab chiqish, ularni bajarish va ushbu ishga rahbarlik qiluvchi dasturlarni amalga oshirish va tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur resurslar ajratishdan iborat bo‘lgan dasturiy-maqsadli boshqaruv tizimini yoyish bilan bog‘liq . Dasturli-maqsadli boshqaruv pirovard maqsadlarni aniqlash va aniq qo‘yishdan boshlanadi.
|
| |