Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejmentning rivojlanish tamoyillari Mundarija I. Kirish II asosiy qism




Download 50,3 Kb.
bet6/6
Sana14.05.2024
Hajmi50,3 Kb.
#230572
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejmentning rivojlanish tamoyillari

Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridan asoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquq tushuniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ham kiradi.
Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiyatiningqonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz.Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy va qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me'yorlar shaklida bo'lib, jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini ko'rsatib beruvchi qoidalar, me'yorlar - huquq deb atala boshlandi.Huquqiy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsata olishi lozim.Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy
me'yorlarga nisbatan hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir.Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini o'stirish maqsadida biz bu tarbiyaning ta'limiy va tarbiyaviy jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Huquqiy ta'lim berish vazifalari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga O'zbekiston Respubli­kasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish;
2. Huquq me'yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his- tuyg'usini uyg'otish;
3. Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini bildirishga o'rgatish.
Huquqiy tarbiya berish vazifalari:
1. Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish;
2. Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o'stirish.
3. Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish.
4. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo'llarini ko'rsatish. Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi.12Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalik yuqori shakllanganligi ularning huquqiy munosabatlarida namoyon bo'ladi.Huquqiy madaniyat - davlat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir.Huquqiy ong - huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me'yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish
xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi:
- Siyosiy;
- Axloqiy;
- Diniy;
- Huquqiy.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiyani. Huquqiy tarbiyani tashkil etish davrida bolalar faoliyati mazmuni tahlili tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shuningdek, o'z faoliyatlarini real baholashga o'rgatib borish talab etiladi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat qo'-mitalari, mahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o'zini o'zi bosh-qarish organlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kabi organlar faoliyati haqida ilk tushunchalarni o'rganish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi ichki vatashqi siyosati mohiyatini o'zlashtirish, xalqaro huquqiy munosabatlarni yo'lga qo'yilishi tartibi bilan tanishib, hu haqida ham ilk tasavvurlarga ega bo'lib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong, balki siyosiy ong ham shakllanadi. Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo'lgan g'oya va qarashlar o'z navbatida huquqiy g'oya va qarashlarning vujudga kelishini ta'minlaydi.
Ma'lumki, 1989-yil 20-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan «Bola huquqlari to'g'risida konvensiya» qabul qilingan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga 1992-yil 9-dekabrda qo'shilgan va Respublikamiz uchun konvensiya 1994-yil 29-iyuldan boshlab qonuniy kuchga kirgan. 2008-yil 7-yanvarda O'zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Qonunda 18 yoshga to'lgunga qadar shaxslarni bola deb tushunish, ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar bolalarning qonuniy vakillari hisoblanishi, ota-ona qaramog'idan mah-rura bo'lgan bolalarning ta'minotini ta'minlash, ta'lim-tarbiya berish, hu-quq va manfaatlarini himoya qilish uchun 14 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlarga vasiy va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetma-ganlarga homiy tayinlanishi, yetim, jismoniy, aqliy va ruhiy nuqsonli, ijti-moiy himoyaga muhtoj bolalarning davlat tomonidan himoya qilinishi belgilab qo'yildi.«Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to'g'risida»gi konvensiyani ratifikatsiya qilish to'g'risida 2008-yil 4-aprelda, «Bolalar mehnatining og'ir shakllarini ta'qiqlash va yo'q qilishga doir shoshilinch choralar to'g'risida»gi Jeneva konvensiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida 2008-yil 8-aprelda Qonunlar qabul qilindi.
Mazkur konvensiyalami ratifikatsiya qilish to'g'risida Qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008-yil 12-sentyabrda 207-sonli qarori qabul qilinib, Milliy harakat rejasi tasdiqlandi va bolalar mehnatining og'ir shakllarini ta'qiqlash, yo'q qilishga doir chora-tadbirlar ko'rildi. 2008 yil 16-aprelda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishga doir qo-nun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonuni va Oila kodeksiga o'zgartishlar kiritilib, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, ta'lim, davolash va bosh-qa muassasalarning mansabdor shaxslari hamda fuqarolarga ota-onalar qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar haqidagi ma'lumotlarni vasiy-lik va homiylik organiga taqdim etish majburiyati yuklatildi. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlarni va-siylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, ularni joylashtirishda qonun talablarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi. Oliy Majlis Senatining o'n oltinchi yalpi majlisida bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasi amaliyotidan bolalarni himoyalash, bolaning sog'lig'iga xavf tug'dirish yoki ta'lim olishiga monelik qilish yoxud uning salomatligiga, jismoniy, aqliy, ma'naviy, axloqiy va ijtimoiy kamol topishiga zarar.zahmat yetkazishi mumkin bo'lgan iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda nar qanday ishni bajarishdan himoya qilish maqsadida «O'zbekiston Respublikasining Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ Protokolga (Nyu-York, 2000-yil 25-may) qo'shilishi haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. R.Mahmudov huquqiy madaniyatning asosini tash-kil etuvchi qismlar moddiy, ma'naviy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa mafkuraviy omillardan iborat ekanligini, demakki, moddiy hamda ma'naviy xususiyatga ega bo'lgan asosiy, bir-biriga muvofiq qismlarni ajratib ko'rsatadi. Huquqshunos olimlar Sh.O'razaev, M.Qoriyevlar esa huquqiy madaniyat huquqiy bilimlarni egallash, huquqiy me'yorlarning amaliyotda o'z isbotini topishi hamda boshqa mualliflardan farqli ravishda huquqning obro'si va qonunning ijtimoiy hayotdagi o'rni bilan belgilanishini qayd etib o'tadilar: «Huquqiy madaniyat tushunchasi - huquqning rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli, huquqning obro'si va shu singari unsurlardan tashkil topadi».
A.F. Nikitin esa shaxs huquqiy madaniyati tarkibini tushunishga o'zi-ga xos tarzda yondashadi hamda shaxs huquqiy madaniyatini murakkab psixologik hodisa deb baholaydi. U chunonchi, uning tarkibiy qismlarini: huquqiy bilimlar va ularni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasi; qonunga nisbatan shaxs munosabati va nihoyat shaxsning huquqiy mazmunga ega bo'lgan vaziyatlardagi faoliyatidan iborat»deb ta'kidlaydi.
Demak, shaxs huquqiy madaniyati negizida quyidagilar aks etadi:
1)huquq va huquqiy tizim borasida yetarli ma'lumotga ega bo'lish, huquqiy bilim asoslarini o'rganish, ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj va qiziqishning hosil bo'lishi, egallangan nazariy-huquqiy bilimlarni ama-liyotga tadbiq etish borasidagi ko'nikmani shakllantirish hamda mala-kaga ega bo'lish;
2)ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni uyushtirish chog'ida o'z faoliyati timsolida huquqiy madaniyat unsurlarini namoyon etish, ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy faollikni yuzaga keltira olishda ko'rinadi.
Shaxs huquqiy madaniyatini quyidagi ikki asosiy qismga ajratish mumkin;
1) huquqiy ong;
2) huquqiy faoliyat.
Huquqiy ong - O'zbekiston davlati va uning organlari tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir.Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta'lim to'g'risidagi qonun1', "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar hisoblanadi.
Huquqiy faoliyat huquqiy me'yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat'iy va og'ishmay amal qilish, qonunlarni hur-mat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e'tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo'nal-tirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.
Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyi-dagilar e'tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savod-xonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas'ullik, huquqiy e'tiqod, huquqiy salohiyat.
Huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta'lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'-naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'-risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengay-tirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999-o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab, har bir ta'lim tizimida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo'lga qo'yildi.

XULOSA
Maktabgacha tarbiya bolalik davrida madaniyatning eng oddiy koʻnikmalari va koʻnikmalarini egallagan, qiziqish bilan mashgʻul boʻlgan, mustaqil va qoʻshma harakatlardan bahramand boʻlgan (tiniq qoʻllar, yaxshi kayfiyat, kiyimlar chiroyli tarzda katlanmış) bolalarning maktabgacha yoshdagi bolalik davrida. U kattalarning ijobiy bahosidan qoniqish hosil qiladi, oʻz navbatida ijobiy harakatni takrorlashga harakat qiladi. Bu yoshda bolaning yuvilishi, qoʻllarini yuvish, tashqi qiyofani koʻrib chiqish, roʻmoldan foydalanish, ovqatlanish jarayonini tashkil etishda yordam berish, vilkalar va peçetani toʻgʻri ishlatish, ehtiyotkorlik bilan ovqatlanish, mustaqil harakatlarga intilish kerak.
Shunday qilib, madaniy-gigiena malakasini oshirish bolaning sogʻligʻini yaxshilashga qaratilgan. Shu bilan birga, u muhim vazifani oʻz ichiga oladi - xulq-atvor madaniyatini rivojlantirish. Bolalarning sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik, ularning jismoniy taraqqiyoti ularning poklik, tartib-intizom va tartibga boʻlgan mehrini oshirishdan boshlanadi. "Bolalar bogʻchasining eng muhim vazifalaridan biri", deb yozadi N.K. Krupskaya - bolalar salomatligini mustahkamlaydigan koʻnikmalarga oʻrgatish. "
Maktabgacha tarbiya gigienasi rivojlanayotgan barcha tadbirlar bolalarning normal jismoniy, aqliy va hijyenik rivojlanishiga va ularning salomatligini yaxshilashga yordam beradi.
Tajriba –sinov ishlarimiz natijasi shuni koʻrsatdiki, sanoqli oilalardagina madaniy-gigieniyaga amal qilinadi. Mashgʻulotlar va tavsiyalarimizni tartibli qoʻllash natijasida oilada bolani maktabga tayyorlashda madaniy-gigieniyaga rioya qilish usullaridan foydalanish zarurligi singdirildi.

FOYDALANILADIGAN ASOSIY DARSLIKLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALAR




  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2003.

  2. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi / Barkamol avlod O'zbekistontaraqqiyotining poydevori. - Т.: «Sharq» nashnyot-matbaa konserni. 1997. - 20-29-b.

  3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni / Barkamol avlod - O'zbekistontaraqqiyotining poydevori - T-«O'zbekiston», 1997.-B. 31-61.

  4. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi.-1.:Fan va texnologiya"nashriyoti, 2011. - 40 b.

  5. Maktabgacha tarbiya muassasa tо‘g‘risidagi Nizom -1995..

  6. Yusupova S – Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. О‘quv qо‘llanma T. О‘qituvchi. 1993.

  7. Sodiqova Sh Maktabgacha pedagogika. T.: 2013.

  8. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlattalablari.-T.: O'zPFITI, 1999.-23 b.

  9. Maktabgacha pedagogika. - Т.: «Tarbiyachi», 1991. - 256 b.

  10. Maktabgacha ta'limning davlat standard. - Т.: O'zPFITI, 1995. -39 b.

  11. Mahkamova M.Yu. Bo'lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish: Ped.fan.nomz. ... diss, avtoref. - Т.: 2002. -22 b.

  12. Mavlonova R.A. Turayeva, O.T. Holikberdiyev U.M. Pedagogika. T. О‘qituvchi. 2001.



Download 50,3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 50,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejmentning rivojlanish tamoyillari Mundarija I. Kirish II asosiy qism

Download 50,3 Kb.