|
Kompyuterli o`yinlar ikkiga bo`linadi
|
bet | 7/9 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 23,91 Kb. | | #109943 |
Bog'liq “Maktabgacha ta’limda o’qitish texnologiyalari va loyixalashtiri-hozir.orgKompyuterli o`yinlar ikkiga bo`linadi:
Kompyuterli rivojlantiruvchi o`yinlar
Kompyuterli rivojlantiruvchi o`yinlar
bola tafakkurini rivojlantirish,
aqliy faoliyatini oshirish,
diqqatini barqarorlashtirish,
idroklarini faollashtirish
va hokazolarga qaratilgan.
Kompyuterli ta‘limiy o`yinlar.
Kompyuterli ta‘limiy o`yinlar
asosan bolalarga ta‘lim berish,
o`rganilgan materialni takrorlash
va mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, ular o`rganiladigan
materialga qiziqish uyg`otish
va uni bilishga intilish,
havas qilish vazifalarini ham
bajaradi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasi an‘anaviy uslublarga nisbatan malum bir afzalliklarga ega. Jumladan:
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasi an‘anaviy uslublarga nisbatan malum bir afzalliklarga ega. Jumladan:
- bolalarning fikrlash qobiliyatini oshiradi;
- bola bir vaqtning o‘zida ham ko‘radi, ham eshitadi (miyaning o‘ng va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko‘rsatadi);
- an‘anaviy usulga nisbatan bolalarga o‘rgatiladigan materiallarning hajmi ortadi;
- mashg‘ulotlarning samaradorligi oshadi;
- bolalarning kompyuter savodxonliklarini shakllantirishga yordam beradi;
- didaktik materiallarni animatsiyalar orqali ko‘rsatish imkoniyati mavjud;
-turli xil jangarilik, qo‘poruvchi o‘yinlar o‘rniga ta‘limiy-rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalanish mumkin. Multimedia texnologiyasining asosiy mazmuni - kompyuterli ta‘limdir. Mashg‘uloti esa, kompyuterli mashg‘ulotdir.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlar uchun multimedia texnologiyasi uslubiyotining algoritmi quyidagicha:
1. Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarini kompyuter qarshisiga o‘tirg’izadi.
2. Kompyuter xotirasiga yuklangan materialni ochadi.
3.O‘rganiladigan material ekranda paydo bo‘lgach, uni namoyish etadi va shu yerda kadrni to‘xtatadi.
4. Materialga guruh tarbiyalanuvchilarining diqqatini tortadi, masalan, mashg‘ulot A harfini o‘rganish bo‘lsa, ―Bolalar, ekranda harakatlanayotgan harf-A harfini shakli bo‘ladi disk quyilgan bo‘lsa, Ayiqvoy sizlarga ―A- harfini ko‘rsatyapti deb ta‘kidlaydi.
|
| |