1.3. Taʼlim jarayoni ishtirokchilariga psixologik maslahat berish
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonunchiligi. Zamonaviy
taʼlim nazariyalari, oʻqitish va tarbiya texnologiyalari va vositalari, ulardan
foydalanish chegaralari va imkoniyatlari. Maslahatning zamonaviy nazariyalari va
usullari.
Taʼlim
oluvchilarning
rivojlanishining
yosh
normalariga
muvofiq
hamkorlikdagi va individual faoliyatini tashkil etish usullari. Maslahat ishlarini
tashkil etish va oʻtkazish uchun axloqiy meʼyorlar.
Taʼlim jarayoni subyektlarini idoralararo tashkilotlar (resurs markazlari)
faoliyatining tarmoq psixologik-pedagogik, tibbiy va ijtimoiy yordam olish usullari
mazmuni toʻgʻrisida xabardor qilish.
Bola huquqlari va bolalar taʼlimi sohasidagi xalqaro normalar va
shartnomalar. Taʼlim faoliyatini boshqarish uchun zarur boʻlgan amaliy
psixologiya asoslari, shu jumladan, yosh va kasbiy rivojlanish masalalari, shaxs va
guruhlar psixologiyasi.
Xavf omillari va ularning oldini olish usullari, shuningdek, nizolarning oldini
olish. Taʼlim oluvchilarning oʻquv natijalarini, ijtimoiy rivojlanishi va psixologik
salomatligini, maslahatlar va boshqa faoliyatlarni, yaxshilashga yordam beradigan
omillar.
Taʼlim tashkilotida ijobiy va qulay psixologik iqlimni taʼminlashga yordam
beradigan omillar. Maslahat usullari va turlari. Kasbiy standartlar, sohaga oid
meʼyoriy hujjatlar va ulardan ishlarni bajarishda foydalanish, maktab
psixologining lavozim majburiyatlari.
1.4. Bolalar va taʼlim oluvchilar bilan olib boriladigan ijtimoiy-psixologik va
rivojlantiruvchi ishlar
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonunchiligi. Taʼlim
tashkiloti sharoitida xavf omillarini kamaytirish va taʼlim oluvchilarning
psixologik farovonligini oshirish usullari.
Ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish va oʻz vaqtida hal etish, taʼlim sifatini,
taʼlim oluvchilarning ijtimoiy va psixologik farovonligini, taʼlim tashkilotidagi
9
psixologik iqlim va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan psixologik yordam koʻrsatish
usullari.
Taʼlim oluvchilarda taʼlim va ularning ijtimoiy va (yoki) psixologik
farovonligi bilan bogʻliq ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish va oʻz vaqtida hal
qilish usullari. Taʼlim oluvchilarning taʼlim ehtiyojlari, taʼlim tashkilotining
xususiyatlari, hisobot talablari, tashkilotning ichki siyosati, sohaga oid meʼyoriy
hujjatlar, taʼlim tashkilotining resurslari.
Bolalarning tipik va atipik rivojlanishiga misollar, rivojlanishdagi
nuqsonlarining turlari (taʼlim olishga qobiliyati yoʻqligi, disleksiya, bajarish
koʻnikmasi bilan bogʻliq muammolar, Daun sindromi, autistik spektr holatlari,
diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi, harakatlardagi nomuvofiqlik,
rivojlanishning kechikishi).
Nogironligi boʻlgan bolalarning taʼlim, psixologik, ijtimoiy va kasbiy
ehtiyojlarini qondirish uslublari va baholash usullari. Taʼlim oluvchilarning
individual farqlari, qobiliyatlari va boshqa xususiyatlari, ularning rivojlanish va
taʼlim olishga taʼsiri.
Bolaning psixologik rivojlanishiga, taʼsir qiluvchi omillar (din, madaniyat,
urf-odatlar, millat, ijtimoiy-iqtisodiy holat), shuningdek, qoʻpol munosabat va
beparvolik belgilari. Taʼlim oluvchilar va ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi
shaxslarga) kasbga yoʻnaltirish boʻyicha maslahat berish usullari.
Ijtimoiy-ruhiy va rivojlantiruvchi ishlarining zamonaviy nazariyalari,
yondashuvlari va amaliyoti. Ijtimoiy-ruhiy ishlarini olib borish uchun taʼlim
oluvchilarga va ularning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga), shu
jumladan, alohida saqlash sharoitlariga muhtoj boʻlgan taʼlim oluvchilarga
psixologik taʼsir koʻrsatishning maxsus vositalari.
Turli toifadagi taʼlim oluvchilarning, shu jumladan, maxsus taʼlimiy
ehtiyojlarga muhtoj boʻlganlarning rivojlanish qonuniyatlari. Ijtimoiy-ruhiy va
rivojlantiruvchi masalalarini hal qilishga imkon beradigan standart usullar va
texnologiyalar, shu jumladan, boshqa mutaxassislar (defektolog-pedagog, logoped-
pedagog) bilan hamkorlikda.
Guruh dinamikasining qonuniyatlari. Guruh ijtimoiy-ruhiy va rivojlantiruvchi
ishlarining usullari va texnikasi. Rivojlantiruvchi ishlarining samaradorligini
baholash va takomillashtirish usul va uslublari.
Bola huquqlari va bolalar taʼlimi sohasidagi xalqaro normalar va
shartnomalar. Biologik, madaniy va ijtimoiy omillarning taʼlim oluvchilarning
kognitiv va akademik koʻrsatkichlariga taʼsiri. Kognitiv va akademik
koʻnikmalarni rivojlantirish usullari, shu jumladan, maxsus taʼlimiy ehtiyojlarga
muhtoj boʻlgan taʼlim oluvchilarda.
|