12
Intervyu usullari. Maslahat berish texnikasi. Ijobiy ish natijalarini birlashtirish
va mustahkamlash uchun ijtimoiy-ruhiy dasturlarning samaradorligini aniqlashga
qaratilgan ijtimoiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash samaradorligini tekshirish usullari.
Guruh dinamikasining bosqichlari, bolalarni guruhda ijtimoiy-ruhiy qoʻllab-
quvvatlash usul va uslublari. Taʼlim oluvchilarni ijtimoiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash
jarayonida shaxsiy faollikni oshirish usul va uslublari. Taʼlim oluvchilarni
ijtimoiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash samaradorligini aniqlash va nazorat qilish usul
va uslublari.
Bolalar uchun tashxis va ijtimoiy-ruhiy rivojlanish masalalarini hal qilishning
standart usullari va texnologiyalari. Oʻsmirlarda qiyinchiliklarga duch kelgan
bolalar shakllari va belgilari, bolalarda bu xatti-harakatlarni ijtimoiy-ruhiy qoʻllab-
quvvatlash shakl va belgilari.
Biologik, madaniy, ijtimoiy va vaziyat omillarining taʼlim oluvchining xulq-
atvori, taʼlim olishi va ruhiy salomatligiga taʼsiri. Taʼlim oluvchilarning psixologik
salomatligini yaxshilashga koʻmaklashish usullari.