1.5. Kasbga yoʻnaltirish, taʼlim oluvchilarga kasbiy oʻz oʻzini anglashda koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim va xodimlarni boshqarish sohasidagi
qonunchiligi. Taʼlim oluvchilar va ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi
shaxslarga) kasbga yoʻnaltirish boʻyicha maslahat berish usullari.
Pedagogik psixologiya nazariyalari va usullari. Boshlangʻich professional
taʼlim, oʻrta maxsus taʼlim, oʻrta professional taʼlim, oliy taʼlim, shuningdek,
kasbiy tayyorgarlik kurslari sohasida xizmat koʻrsatadigan shahar (aholi punkti)
taʼlim tashkilotlari roʻyxati.
Taʼlim oluvchilarda mehnatga boʻlgan ongli munosabatni rivojlantirish,
ularning imkoniyatlari, qobiliyatlariga muvofiq va mehnat bozori talablarini
hisobga olgan holda faoliyat sohasini tanlash erkinligi sharoitida kasbiy oʻzini oʻzi
anglash shakllari va uslubiy asoslari.
Bandligini taʼminlashda qiyinchiliklarini osongina bashorat qila oladigan
taʼlim oluvchilarining ayrim guruhlarini qoʻllab-quvvatlash: alohida saqlash
sharoitlariga muhtoj boʻlgan taʼlim oluvchilar, noqobil oila farzandlari va
boshqalar.
II. NOGIRONLIGI BOʻLGAN, ALOHIDA SAQLASH SHAROITLARIGA MUHTOJ SHAXSLAR VA IQTIDORLI TAʼLIM OLUVCHILARGA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YORDAM KOʻRSATISH 2.1. Bolalar va taʼlim oluvchilarni psixologik tashxislash Oʻzbekiston Respublikasining malaka, shuningdek, taʼlim jarayonining
barcha ishtirokchilarining kasbiy mahoratini oshirish sohasidagi qonunchiligi.
Bolalarning tipik va atipik rivojlanishiga misollar va rivojlanishdagi
nuqsonlarining turlari (taʼlim olishga qobiliyati yoʻqligi, disleksiya, bajarish
koʻnikmasi bilan bogʻliq muammolar, Daun sindromi, autistik spektr holatlari,
diqqat yetishmasligi va giperaktivlik, dispraksiya, rivojlanishning ogʻir va chuqur
kechikishi).
Psixodiagnostika nazariyasi, metodologiyasi, psixodiagnostik usullarning
tasnifi, ularning imkoniyatlari va cheklovlari, ularga qoʻyiladigan talablar. Taʼlim
oluvchining psixologik-pedagogik xaritasi va oʻqitilayotgan jamoaning tashxis
maʼlumotlaridan kelib chiqadigan tashxisdagi muammolarini hal qilishga imkon
beradigan zamonaviy usul va texnologiyalar.
Axborotni yigʻish, birlamchi qayta ishlash usullari, psixologik kuzatuvlar va
tashxis natijalari. Psixologik tashxis natijalarini matematik qayta ishlash usullari.
Muammolarni hal qilishning modellari va tuzilmalari va ularning bosqichlari.
11
Ekologiya asoslari va atrof-muhit omillarining bola va oila farovonligiga
taʼsiri. Psixologik tadqiqotlarni tashkil etish nazariyasi va usullari. Tadqiqot
natijalarini tekshirish usullari. Psixodiagnostik tekshiruv natijalarini talqin qilish va
taqdim etish usullari. Bola huquqlari va bolalar taʼlimi sohasidagi xalqaro normalar
va shartnomalar.