• MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT
  • MILLIY MARKAZLARINING PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

    MILLIY MARKAZLARINING PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI 
    UCHUN UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING 
     
     
    N A M U N A V I Y O‘ Q U V D A S T U R I
     
     
    Toshkent – 2023 



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI 
     
    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH 
    VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
    Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarining
    professor-oʻqituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining
    namunaviy oʻquv dasturi 
     
     
     
    Tuzuvchilar:
    A. Ismailov, 
    M. Ergasheva, 
    M. Abdullayeva, 
    L. Mirzoxidova, Gʻ. Otamurodov 
     
     
     
    Taqrizchilar: 
    Sh. Abdullayeva – 
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
    pedagogika universitetining tillar fakulteti dekani, p.f.d., 
    professor 
     
    B. Xaydarov – 
    Toshkent shahar Pedagoglarni yangi 
    metodikalarga oʻrgatish milliy markazi aniq va tabiiy 
    fanlar metodikasi kafedrasi professori v.b., f.-m.f.n.
     
     
     
     
     
     
     
    Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarining professor-oʻqituvchilari 
    uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi A. Avloniy nomidagi 
    milliy-tadqiqot instituti Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi navbatdan tashqari yigʻilishi 4/1-
    son bayonnomasi bilan maʼqullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan. 
     
     



    KIRISH 
    Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-
    sentyabrdagi 
    “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida 
    taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-
    6108-son farmoni, 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada 
    takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son va 
    2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-
    quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-
    tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarorlari, shuningdek, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq taʼlimi 
    xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi 
    nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar 
    mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, u pedagoglarni yangi 
    metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarining professor-oʻqituvchilari kasb 
    mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilgʻor 
    xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni oʻzlashtirish, shuningdek, amaliyotga 
    joriy etish koʻnikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi. 
    Dastur mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi davlat 
    siyosati, pedagogning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish, axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, oʻzini oʻzi rivojlantirish, 
    uzluksiz kasbiy rivojlanish, pedagog masʼuliyati va moslashuvchanligi, inklyuziv 
    taʼlimni joriy etish masalalari, taʼlimning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va 
    kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari, fandagi yangiliklar, fanni oʻqitishning 
    dolzarb masalalari, oʻqituvchining kasbiy kompetensiyalarini baholashni oʻz ichiga 
    olib, ular boʻyicha tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni 
    shakllantirishga yoʻnaltirilgan. 
    Mazkur namunaviy oʻquv dasturi doirasida taqdim etilayotgan oʻquv 
    modullarining mazmuni kurs tinglovchilarining zamonaviy bilim va innovatsiyalar, 
    ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga 
    ularning kasb mahoratini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MILLIY MARKAZLARINING PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI

    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish