|
Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiyBog'liq 3-ILOVA
6. Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy
faoliyatda foydalanish masalalari
Qonunchilik normalari, mamlakatda taʼlim sohasida olib borilayotgan
islohotlar, taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va kasbiy
faoliyatda samarali foydalanish. Oʻz kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va amaliyotda qoʻllay olish. Bola
huquqlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va ularga rioya qilishni tashkil
etish. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olishda ishtirok etish. ARM
fondidan foydalanish va kitoblarni tarqatishda shaffoflikni yoʻlga qoʻyish.
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etishga takliflar berish.
7. Elektron kataloglar, resurslar va maʼlumotlar bazalari bilan
ishlashdagi yangiliklar
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish.
Elektron kataloglar kutubxona faoliyatini tashkil etish asosi sifatida. Elektron
kataloglarning asosiy vazifalari. Elektron katalog tarkibi. Elektron katalogdan
foydalanish va yuritish texnologiyasi. Kutubxona faoliyatiga oid resurslar va
maʼlumotlar bazasi bilan ishlash. Foydalanuvchilarda axborot madaniyatini
tarbiyalash: kitobxonlarni maʼlumot-tahliliy materiallar bilan ishlashga oʻrgatish.
Ilgʻor kutubxona texnologiyalarini tatbiq etish. ARMda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. Rivojlangan mamlakatlardagi
raqamli kutubxonalar faoliyati. Yigʻma bibliografik maʼlumotlar bazasini
shakllantirish va yuritish.
Dasturning axborot-metodik taʼminoti
Modullarni oʻqitish jarayonida ishlab chiqilgan oʻquv-metodik majmualar,
ilmiy jurnallar, internet resurslari, multimedia mahsulotlari hamda boshqa elektron
va qogʻoz variantdagi manbalardan foydalaniladi.
|
| |