maktablarida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda taʼlim olishlarini qoʻllab-
quvvatlashning turli strategiyalari.
Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya
berishning
psixologik jihatlari.
6.
Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy
faoliyatda foydalanish masalalari
Qonunchilik normalari, mamlakatda taʼlim sohasida olib borilayotgan
islohotlar, taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va kasbiy
faoliyatida samarali foydalanish. Oʻz kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va amaliyotda qoʻllay olish. Bola
huquqlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va ularga rioya qilishni tashkil
etish. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olishda ishtirok etish.
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va uni bartaraf etishga takliflar berish.
7.
Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasi
“Barkamol avlod” bolalar maktablariga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar
mazmuni haqida maʼlumotlar hamda ularning ijrosini taʼminlashda toʻgarak
rahbarlarining vazifalari. “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak
rahbarlarining huquq, burch va vazifalari hamda ularning lavozim majburiyatlari.
“Barkamol avlod” bolalar maktablari maktabgacha va maktab taʼlimi
tizimining
tarkibiy qismi ekani, uning asosiy vazifasi oʻquvchi yoshlarga qoʻshimcha taʼlim
va tarbiya berishdan iboratligi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli
oʻtkazish uchun bor imkoniyatni ishga solish zaruriyati.
Oʻquvchi-yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash
maqsadida tashkil etilgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini amalga
oshirishdagi umumiy davlat talablari va modernizatsiya qilingan yoʻnalishlar
boʻyicha davlat talablarining mazmun-mohiyati. Toʻgarak rahbarlariga qoʻyilgan
talablar. Belgilangan davlat talablari ijrosini taʼminlash
asosida ilm-fan, adabiyot,
sanʼat va meʼmorchilik, texnik ijodiyot, milliy xalq hunarmandchiligi hamda
ekologik sohalarda isteʼdodli yoshlarni tarbiyalash va ularni salohiyatli kasb-hunar
egalari qilib tayyorlash masalalari.
Badiiy ijodkorlik yoʻnalishidagi toʻgaraklar mashgʻulotlarida individual,
frontal,
juftlikda ishlash, katta va kichik guruhlarda ishlash, jamoaviy boʻlib
ishlashga oid mashgʻulotlarni tashkil etish. Mashgʻulot turlari: yangi mavzuni
oʻzlashtirish,
oʻzlashtirilgan
bilim
va
koʻnikmalarni
mustahkamlash,
oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalarni takrorlash, oʻzlashtirilgan bilim va
koʻnikmalarni tizimga
solish va umumlashtirish, oʻzlashtirilgan bilim va
koʻnikmalarni nazorat qilish va baholash mashgʻulotlari.
Toʻgarak xonalarini zamon talabi asosida jihozlashning ahamiyati hamda uni
amalga oshirish tartibi. Toʻgarak aʼzolari qoʻl mehnati bilan tayyorlangan
koʻrgazma, eksponat, modellar, fotolavhalar, buklet, albom va turli xil arxeologik
tarixiy topilmalar bilan boyitish yoʻllari va ularni saqlash tartibi. Oʻquv-moddiy
bazani boyitib borish va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zarurati.
Toʻgarak mashgʻulotlarining elektron variantlari bankini yaratish va ulardan
mashgʻulotlar jarayonida foydalanish zarurati.
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida metodik
ishlarga rahbarlik va
metodik xizmat uzluksizligini taʼminlashning tashkiliy-pedagogik asoslari.
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida metodik xizmatni tashkil etishning
ahamiyati. Metodik xizmat turlari. Metodik xizmatni tashkil etish shakl va usullari.
Ishchanlik oʻyini asosida metodik oʻquvlarni oʻtkazish texnologiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻquvchi-yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish
tiplari, maktabdan tashqari taʼlimning vazifalari. Kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturi
va uning ijrosini taʼminlashda toʻgarak rahbarining roli. Ularni kasb-hunarga
yoʻnaltirish bosqichlari, omillari va muammoli masalalarni hal etish yoʻllari. Turli
xil kasbiy maslahatlar berish. Kundalik turmushda zarur boʻlgan hunarlarni
oʻzlashtirish yoʻllari. Mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha oʻtkaziladigan
suhbatlar va tadbirlar.
Iqtidorli, turli xil qobiliyatga ega boʻlgan bolalarni izlab topish yoʻllari,
ularni toʻgaraklarga aʼzo qilish tartibi, iqtidorli bolalar
bilan olib boriladigan
qoʻshimcha ishlar mazmuni va ularning ishlarini axborot vositalari, gazetalar,
bolalar jurnallarida ommalashtirish yoʻllari. Bolalarni iqtidor, qobiliyatlari orqali
kasb-hunar tanlashga toʻgʻri yoʻnaltirish masalalari.
Voyaga yetmagan, tarbiyasi
ogʻir bolalar psixologiyasini chuqur oʻrganish, toʻgʻri yondashish va ularni kasb-
hunarga, mustaqil hayotga toʻgʻri yoʻnaltirish ishlari, zararli odatlar va
giyohvandlikning oldini olish boʻyicha olib boriladigan targʻibot ishlari.