Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi
quyidagi modullardan iborat:
1.
Toʻgarak rahbarining kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish.
2.
AKT va mediasavodxonlik.
3.
Oʻzini oʻzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari.
4.
Toʻgarak rahbari masʼuliyati va moslashuvchanligi.
5.
Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari.
6.
Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
bilish va kasbiy faoliyatda
foydalanish masalalari.
7.
Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasi.
8.
Toʻgarak rahbarining kasbiy kompetensiyalarini baholash.
Kursning maqsadi va vazifalari
Kursning maqsadi
– “Barkamol avlod” bolalar maktabining badiiy ijodiyot
toʻgarak rahbarlarining zamonaviy innovatsion
pedagogik texnologiyalar va
samarali metodlardan foydalanish kompetentligini rivojlantirish.
Kursning vazifalari
:
–
“Barkamol avlod” bolalar maktabining badiiy ijodiyot toʻgarak
rahbarlarining nazariy va amaliy, metodik tayyorgarlik darajasini orttirish;
–
taʼlim-tarbiya jarayonida zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish
uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va kompetensiyalarni rivojlantirish;
–
“Barkamol avlod” bolalar maktabining badiiy ijodiyot toʻgarak
rahbarlarida dars jarayonida samarali metodlarni qoʻllash koʻnikmalarini
shakllantirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malaka va
kompetentligiga qoʻyiladigan talablar:
–
badiiy ijodiyot toʻgaragi aʼzolarini oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari va
oʻqitish metodlarini;
–
badiiy ijodiyot toʻgaragi aʼzolari bilim, koʻnikma va malakalarini baholash
va nazorat turlarini;
–
dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qoʻyilgan zamonaviy talablarni;
–
maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllarini;
–
toʻgarak
mashgʻulotlarida
buyuk
ajdodlarimiz
ilmiy
merosidan
foydalanishni;
–
toʻgarak mashgʻulotlarida iqtidorli oʻquvchilar
bilan ishlash metodlarini
bilishi
;
–
toʻgarak mashgʻulotlarida oʻqitishning zamonaviy metodlarini qoʻllay
olish;
–
zamonaviy talablar asosida dars ishlanmasini ishlab chiqish;
–
toʻgarak
mashgʻulotlarida
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va
malakalarini baholash va nazorat
topshiriqlarini tuzish