Kirish
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son
farmoni,
2020-yil
6-noyabrdagi
“Taʼlim-tarbiya
tizimini
yanada
takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son va
2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-
quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy
rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
25-son qarori hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat taʼlim
talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash
maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan maktabgacha va maktab
taʼlimi tizimida rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq
etish yoʻli bilan umumiy oʻrta taʼlim tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning
zamonaviy tamoyillarini joriy etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar
mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida
pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarning professor-
oʻqituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish
hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi Davlat
siyosati, toʻgarak rahbarining kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish, axborot
kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, oʻzini oʻzi rivojlantirish,
uzluksiz kasbiy rivojlanish, toʻgarak rahbari masʼuliyati va moslashuvchanligi,
inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari, tarbiyaviy ishlar metodikasi,
oʻqituvchining kasbiy kompetensiyalarini baholashlarni oʻz ichiga olib, ular
boʻyicha tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Mazkur dastur doirasida oʻquv modullarining taqdim etilayotgan mazmuni
tinglovchilarning zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan
samarali foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga
keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahoratini muntazam
yuksaltirishni nazarda tutadi.