|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagiBog'liq 3-ILOVAkoʻnikmalariga
ega
boʻlishi
;
–
toʻgarak mashgʻulotlarida ochiq darslarni oʻtkazish va ularni tahlil qilish;
–
toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishda iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash
malakalariga ega boʻlishi
;
–
ilgʻor pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatida foydalanish;
–
oʻz ustida ishlash va pedagogik mahoratini muntazam oshirib borish
kompetensiyalariga ega boʻlishi
lozim.
Kursning taʼlimdagi oʻrni
Tinglovchilarda “Barkamol avlod” bolalar maktabida toʻgaraklarni tashkil
etish va oʻtkazish metodikasini oʻrgatish hamda amalda qoʻllash koʻnikmalarini
shakllantirish orqali taʼlim samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Kurs hajmi
Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Uzluksiz
kasbiy rivojlantirish kursi boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan
kurs qatnashchilarga sertifikat beriladi. Oʻquv modulining har 2 soatini
oʻzlashtirganlik uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi.
1.
Toʻgarak rahbarining kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish
Boshqalar fikrini hurmat qilish. Oʻzgalar fikriga taʼsir etuvchi (ishontira
olish, toʻgʻrilash, fikrini qarama-qarshi qoʻyish) muloqot madaniyati va undan
samarali foydalanish.
Oʻzaro munosabatlarni oʻrnatishga qaratilgan (qoʻllab-quvvatlash,
konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot madaniyati. Oʻqituvchining kasbi –
pedagogik kompetentligi.
Taʼlim jarayoni sifatini oshirish va oʻqituvchilarning oʻquv ehtiyojlarini
qondirishda oʻz hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqot
oʻrnatish va hamkorlik qilish.
Toʻgarak rahbarining global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari va
ulardan taʼlim sifatini oshirishda foydalanish.
Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan
muloqot madaniyati.
|
| |