3
KIRISH
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining
2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha
milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil
etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son
qarorlarida
belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat
taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash
maqsadida, shuningdek, taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy
standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor va
shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan maxsus taʼlim
tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy
tamoyillarini joriy etish
boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan
boʻlib, zamonaviy talablar asosida oʻqituvchi-logopedlar malakasini oshirish
jarayonlarining
mazmunini
takomillashtirish
hamda
ularning
kasbiy
kompetentligini muntazam oshirishga qaratilgan.
Dastur mazmuni oʻqituvchi-logopedning nutqiy koʻnikmalarini rivojlantirish,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari
va mediasavodxonlik, oʻzini oʻzi
rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish, oʻqituvchi-logopedning masʼuliyati va
moslashuvchanligi, inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari, taʼlimga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari,
oʻqituvchi-
logoped ishini tashkil etish metodikasi,
oʻqituvchi-logopedning kompetensiyalarini
xolisona baholash boʻyicha
tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va
kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni
oʻqituvchi-logopedning
malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning
tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan
boʻlib, oʻqituvchi-logopedlarning oʻz kasbiy faoliyatiga
doir zamonaviy bilim va
innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini
oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.
Oʻqituvchi-logopedlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish
kursi namunaviy
oʻquv dasturi xalq taʼlimi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining
4
kasbiy standartida belgilangan kompetensiyalar asosida
shakllantirilgan tayanch
oʻquv rejasining tarkibi quyidagi 8 ta oʻquv moduli mazmunini oʻz ichiga oladi:
1. Oʻqituvchi-logopedning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish.
2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik.
3. Oʻzini oʻzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish.
4. Oʻqituvchi-logoped masʼuliyati va moslashuvchanligi.
5. Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari.
6. Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy faoliyatda
foydalanish masalalari.
7. Oʻqituvchi-logoped ishini tashkil etish metodikasi.
8. Oʻqituvchi-logopedning kompetensiyalarini xolisona baholash.