5
Oʻqituvchi-logopedlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi oʻquv
rejasidagi modullarining mazmuni
1. Oʻqituvchi-logopedning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish
Oʻzgalar fikrini hurmat qilish. Oʻzgalar fikriga taʼsir etuvchi (ishontira olish,
toʻgʻrilash, fikrni qarama-qarish qoʻyish) muloqot maneralari. Oʻzgalarning
huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda oʻzaro
munosabatlarni
oʻrnatishga qaratilgan (qoʻllab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot
shakllari. Taʼlim jarayoni sifatini oshirish va taʼlim oluvchilarning oʻquv
ehtiyojlarini qondirish maqsadida oʻz hamkasblari bilan
axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining turli vositalari yordamida aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilish.
Taʼlim sifatini oshirish maqsadida global tarmoqdagi turli pedagogik
hamjamiyatlarda ishtirok etish. Oʻzgalar bilan oʻzaro hurmat asosiga qurilgan
munosabatlar. Oʻzini tutishda, boshqalar
bilan munosabatga kirishishda, qaror
qabul qilishda va resurslarni boshqarishda axloq normalari. Milliy qadriyatlarni,
shaxs erkinligi va uning masʼuliyati, ijtimoiy adolatni himoya qilish.