|
Kurs yakunida tinglovchilarning bilimBog'liq 3-ILOVAKurs yakunida tinglovchilarning bilim,
koʻnikma, malaka va
kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar: ushbu talablar umumiy oʻrta taʼlim
tashkiloti pedagog-psixologining kasb standarti asosida, tegishli yoʻnalish boʻyicha
umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixolog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni,
sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qoʻyiladigan malaka
talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining hajmi 144 soatni tashkil etadi.
Mazkur soatlar har bir tabaqa uchun 3 yillik muddat kesimida quyidagicha
taqsimlanadi.
I tabaqa taʼlim dasturi – kasbiy mahorati va bilim koʻrsatkichlari yuqori
psixolog kadrlar uchun 3 yil davomida 108 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda malaka oshirish va 36 soat mustaqil taʼlim shaklida tashkil etiladi. Jumladan:
birinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda malaka oshirish;
ikkinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda malaka oshirish;
uchinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda malaka oshirish.
II tabaqa taʼlim dasturi – kasbiy mahorati va bilim koʻrsatkichlari yaxshi
boʻlgan psixolog kadrlar uchun 72 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan holda,
36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish hamda 36 soat mustaqil
taʼlim shaklida tashkil etiladi. Jumladan:
birinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda malaka oshirish;
ikkinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan
holda malaka oshirish;
uchinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda malaka oshirish.
III tabaqa taʼlim dasturi – kasbiy mahorati va bilim koʻrsatkichlari qoniqarli
psixolog kadrlar uchun 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, 72 soat
ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish hamda 36 soat mustaqil taʼlim
shaklida tashkil etiladi. Jumladan:
birinchi yil – 12 soat mustaqil taʼlim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan
holda malaka oshirish;
|
| |