• MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT
  • Tuzuvchilar: A. Ismailov, U. Qodirov, K. Joʻraboyev, M. Abdullayeva Taqrizchilar
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/103
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #138518
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
    Bog'liq
    3-ILOVA

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    TOSHKENT – 2023 



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI 
     
    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH 
    VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
     
    Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologlari uchun tabaqalashtirilgan uzluksiz 
    kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi 
     
     
    Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologlari uchun tabaqalashtirilgan uzluksiz kasbiy 
    rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti 
    Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi 4/1-son bayonnomasi bilan maʼqullangan va tasdiqqa 
    tavsiya etilgan. 
    Tuzuvchilar: 
    A. Ismailov, U. Qodirov, K. Joʻraboyev, M. Abdullayeva
     
    Taqrizchilar: 
    Islam Hassan 
    Mahmoud Hassan 
    Elhadary 
     
    A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot 
    instituti rektorining xorijiy 
    maslahatchisi 
    Shamshetova Anjim 
    Karamaddinovna 
    O‘zbekiston davlat jahon tillari 
    universiteti Pedagogika va psixologiya 
    kafedrasi dotsenti, psixol.f.d.(DSc) 
     
    Oqilova Kamola 
    Sa’dulloyevna 
    Samarqand viloyati pedagoglarni 
    yangi metodikalarga o'rgatish milliy 
    markazi katta o‘qituvchisi,(PhD) 
     



    KIRISH 
    Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Sh.Mirziyoyev rahbarligidagi 2023-yil 23-avgust kuni kengaytirilgan videoselektor 
    yigʻilish qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 
    “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni 
    tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston 
    Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
    tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq 
    taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda uzluksiz 
    kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-
    son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi “Oʻquvchilarni 
    psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish 
    toʻgʻrisida”gi 577-son qarori, 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini 
    uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 
    tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi 
    vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 
    121-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim 
    tashkiloti psixologlarining kasbiy standartlari asosida psixolog kadrlarning 
    malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq 
    etish yoʻli bilan umumiy oʻrta taʼlim tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning 
    zamonaviy tamoyillarini joriy etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar 
    mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida 
    umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixolog kadrlari malakasini oshirish 
    jarayonlarining 
    mazmunini 
    takomillashtirish 
    hamda 
    ularning 
    kasbiy 
    kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. 
    Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 15-
    noyabrdagi 540-son buyrugʻi asosida oʻtkazilgan diagnostik test natijalari koʻra, 
    oʻquv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uygʻunligini taʼminlash, taʼlimdagi ilgʻor 
    yutuqlarni oʻrganish, inklyuziv taʼlimga qadriyatli munosabat, oʻquv-tarbiya 
    jarayonini modellashtirish va uni taʼlim jarayoniga tatbiq etish, taʼlimda raqamli 
    texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish: 4K 
    – tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va kommunikativlik 
    koʻnikmalarini shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish boʻyicha 
    tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga 
    yoʻnaltirilgan.
    Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni 
    umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixolog kadrlarining malakasini oshirish 
    mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari 
    asosida shakllantirilgan boʻlib, psixologlarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir 



    zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish 
    hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga keng 
    tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini 
    nazarda tutadi. 
    Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
    kursi namunaviy oʻquv dasturi, umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologlari kasbiy 
    standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV 
    tabaqada shakllantirilgan tayanch oʻquv rejasining 4 ta blok tarkibidagi quyidagi 
    12 ta oʻquv moduli mazmunini oʻz ichiga oladi: 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi

    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish