• INNER
  • Ma’lumot bazasi modellari




    Download 1,82 Mb.
    bet12/20
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,82 Mb.
    #254618
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
    Bog'liq
    4-maruza

      Bu sahifa navigatsiya:
    • INNER
    A.*, B.*A va V jadvallardagi barcha ustunlar chiqaradi;

  • A.*, B.b1A jadvalning barcha ustuni, V jadvalning b1 ustuni;

  • A.a1, B.b2, B.a1 - A jadvaldan a1 ustun, V jadvaldan b2 va a1 ustunlari.

    AS alias ustun (va/yoki jadval) nomlarini ekranga chiqishini maskalaydi, ya`ni boshqa nomga o`zgartiradi.
    FROM so`zi operatorda qatnashishi shart bo`lgan so`zlardan hisoblanadi. Bu so`zdan keyin tanlov bajariladigan jadvallar nomi ko`rsatiladi. Jadval nomlari alias bilan yozilishi mumkin. ALIAS bu jadvalga beriladigan taxallus. Alias orqali so`rovda ko`p uchraydigan jadval nomlarini qisqacha ishlatish imkonini beradi. Agar jadvallar bir nechta bo`lsa ular o`rtasi vergul bilan ajratiladi.
    JOIN va undagi kalit so`zlar so`rovda ko`p jadval (va/yoki boshqa SELECT so`rovi) ishtirok etganda ularni mos atributlarining o`zaro bog`lanishini ta`minlaydi. Bu yerda bog`lanish to`g`ridan-to`g`ri (INNER), o`ngdan (RIGTH) va chapdan (LEFT) kabi turlarga ajratilib, bog`lanish sharti ON so`zidan keyin ifodalanadi. Bog`lanishlarni WHERE orqali ham berish mumkin, lekin srov tezkorligi uchun JOIN standartini qo`llash tavsiya etiladi.
    WHERE kalit so`zidan keyin jadval satrlarini tanlab olish sharti ko`rsatiladi. Bunda natijaviy jadvalga WHERE ifodasidagi shart rost qiymat qabul qiladigan satrlar kiritiladi. Shartlar maydonga nisbatan bir qiymatli, qo`p qiymatli, oraliqli va tegishlilik turlarga ajratiladi. Agar so`rovdagi maydonlarga bir nechta shart ishtirok etadigan bo`lsa ular orasida AND va OR kabi mantiqiy bog`lanishlar qo`yiladi. Yana shuni bilish muhimki WHERE ifodasidagi shartlar so`rovdagi jadvallarning mos maydonlari bo`yicha har bir yozuv tekshiriladi va shartlarning hammasi rost bo`lganda natijaga chiqariladi.
    ORDER BY kalit so`zi natijaviy jadval satrlarini ko`rsatilgan ustunlar ro`yxatini o`sish yoki kamayish bo`yicha tartiblaydi. Tartiblanuvchi artibutlar ko`p bo`lsa, oralari vergul bilan ajratiladi
    GROUP BY kalit so`zidan keyin guruhlanadigan atributlar ro`yxati ko`rsatiladi. Guruhlanadigan atributlar ko`p bo`lsa, ular orasi vergul bilan ajratiladi. Guruhlar ko`rsatilgan atributning bir hil bo`lgan qiymatlari asosida amalga oshiriladi.
    HAVING ifodasida har bir gruppaga qo`yiladigan shartlar ko`rsatiladi GROUP BY va HAVING kalit so`zlari murakkabroq va guruhlanuvchi so`rovlarda ishlatiladi. WHERE so`zida shartlar har bir yozuv bo`yicha olib boriladigan bo`lsa, HAVING da maydonni guruhlanishida hosil bo`lgan maydon elementlari to`plami ustida bajarilgan amallarning natijasi bo`yicha amalga oshiriladi. Ya`ni bunda oldin GROUP BY kalit so`zi orqali guruhlarga ajratiladi, keyin ushbu guruh qiymati aniqlanadi va oxirida shart tekshiriladi.
    LIMIT tanlash natijalarini son jihatidan chiqarish oraliq chegarasi. Misol uchun natija jadvalida N ta yozuv bo`lsa LIMIT so`zida N dan kichik bo`lgan ikkita butun son oralig`i beriladi. Misol uchun LIMIT 10, 25 natija sifatida qaytarilgan jadvaldan 10, 25 oraliqdagi yozuvlarni chiqaradi.
    FROM, WHERE va ORDER BY kalit so`zlari SQL tilining qolgan ma`lumotlarni manipulyatsiyalash operatorlarida ham shu tarzda ishlatiladi.
    Endi so`rovlar yaratishni aniq misol uchun ko`rib o`tiladi (10.3-rasm).

    10.3-rasm
    student exam_st mark_st


    Download 1,82 Mb.
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Download 1,82 Mb.