|
Misollar.
Nazorat savollari
|
bet | 18/20 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #254618 |
Bog'liq 4-maruzaMisollar.
Nazorat savollari
SQLda ko`p jadvalli so`rovlar yaratish turlari qanday?
Jadvallarni gorizontal birlashtirish buyruqlari qanday?
Jadvallarni vertikal birlashtirish buyruqlari qanday?
Jadvallarni birlashtirish farqlari va birga ishlatish mumkinmi?
Ikkita jadval elementlarining kesishmasidan tashqari elementlar qanday olinadi?
§12. DML sinfi operatorlari
MBdagi jadvallardagi ma`lumotlarni turli usullar bilan tanlab olish operatorlari bilan yukorida tanishib chikdik. Endi biz SQL tilida jadvallarga ma`lumotlarni kiritish (INSERT), yangilash (UPDATE) va uchirish (DELETE) operatorlarini urganib chikamiz.
INSERT operatori berilgan jadvaldagi ko`rsatilgan mos ustunlariga tashqaridan ma`lumot yozuvlarini qo`shishi amalini bajaradi. Umumiy holda INSERT operatorining sintaksis diagrammasi quyidagicha beriladi:
INSERT operator jadvalga faqat bitta star, oldindan ma`lum sondagi satr va qandaydir so`rov natijasida olingan jadval satrlarini (noma`lum va chekli sondagi) kiritish imkonini beradi.
Jadvalga faqat bitta star kiritish imkonini beradigan INSERT operator sintaksisi quyidagicha yoziladi:
INSERT INTO jadval_nomi [(<ustun1, ustun2, ..., ustun n>)]
VALUES (<qiymat1, qiymat2, ..., qiymat n>);
Bunday sintaksis jadvalga faqat bitta star kiritish imkonini beradi. Agar satrdagi barcha ustunlarga qiymat kiritilayotgan va bu qiymatlar ustunlar ketma-ketligi asosida amalga oshirilayotgan bo`lsa, so`rovda barcha ustunlar nomini ko`rsatish zarur emas.
INSERT INTO jadval_nomi
VALUES (<qiymat1, qiymat2, ..., qiymat n>);
Jadvalga birdan ortiq satr kiritiladigan bo`lsa, VALUES qismidagi har bir satr alohida kavslarda yozilib, ular o`rtasiga vergul qo`yiladi.
|
| |