|
Avtorizatsiyalanadigan rollar to‘plami
|
bet | 3/13 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 23,62 Kb. | | #122019 |
Avtorizatsiyalanadigan rollar to‘plami
Bir sessiya mobaynida foydalanuvchi avtorizatsiyalanadigan rollar to‘plami foydalanuvchining o‘zi tomonidan modifikatsiyalanadi.
Foydalanishni rolli cheklashda bir sessiya tomonidan ikkinchi sessiyani faollashtirish mexanizmi mavjud emas. Barcha sessiyalar foydalanuvchi tomonidan faollashtiriladi. Foydalanuvchi avtorizatsiyalanishi mumkin bo`lgan yoki u-bir sessiya mobaynida avtorizatsiyalanuvchi rollar to‘plamiga qo‘yiladigan cheklashlar foydalanishni rolli cheklash bazaviy modelining muhim mexanizmi hisoblanadi. Ushbu mexanizm foydalanishni rolli cheklashni keng qo‘llashga ham zarur, chunki u kompyuter tizimlarida axborotni ishlash texnologiyalariga yuqori muvofiqlikni ta’minlaydi.
Foydalanishni rolli cheklashning bazaviy modelida U, R, P to‘plamlari va PA, UA fimksiyalari vaqt mobaynida o‘zgarmaydi yoki ushbu to‘plamlar va funksiyalami o‘zgartirishga imkon taqdim etuvchi yagona rol - “xavfsizlik ma’muri” mavjud deb faraz qilinadi.
Yuzlab va minglab foydalanuvchilar bir vaqtda ishlovchi real kompyuter tizimlarida rollar strukturasi va foydalanish huquqlari juda murakkab bo‘lishi mumkin, ya’ni ma’murlash muammolari o‘ta muhim masala hisoblanadi. Ushbu masalani yechish uchun foydalanishni rolli cheklashning bazaviy modeli asosida qurilgan foydalanishni rolli cheklashni ma’murlash modeli ko‘riladi.
Rolli cheklashni ma’murlash modeli
Foydalanishni rolli cheklashni ma’murlash modelida foydalanishni rolli cheklashning bazaviy modelida ishlatiluvchi elementlarga qo‘shimcha quyidagi elementlar ko'riladi:
AR — ma’muriy rollar to‘plami;
AP — foydalanishning ma’muriy huquqlari to‘plami;
APA:AR —≫ 2 ^ - har bir ma’muriy rol uchun foydalanishning ma’muriy huquqlari to‘plamini belgilovchi fimksiya;
AUA:U —≫ 2AR - har bir foydalanuvchi uchun, u avtorizatsiyalanishi mumkin bo‘lgan ma’muriy rollar to'plamini belgilovchi funksiya.
Foydalanuvchilaming avtorizatsiyalangan rollari to‘plamini ma’murlashda AUA fiinksiya qiymatlari o‘zgartiriladi. Bu o‘zgartirishni amalga oshirish uchun AR to‘plamidan maxsus ma’muriy rollar aniqlanadi.
|
| |