Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi




Download 23,62 Kb.
bet9/13
Sana18.12.2023
Hajmi23,62 Kb.
#122019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Mantiqiy aloqa


Mantiqiy aloqa ma’lumotlarning yoki funksiyalarning bitta mantiqiy guruhga birlashtirilishiga asoslanadi. Misol sifatida matnli axborotlarni yoki bir xil ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarini keltirish mumkin. Funksiyalarning mantiqiy aloqadorligiga ega modul bitta operatsiyanihg muqobil variantlarini, masalan butun sonlarning qo‘shilishi va haqiqiy sonlarning qo‘shilishi kabi amallarni ko‘pincha ijobatlaydi. Bunday moduldan doimo uning qandaydir qismi chaqiriladi, bunda chaqiruvchi va chaqiriluvchi modullar boshqaruv bo‘yicha bog langan bo`ladi.
Mantiqiy bog‘langan komponentlarga ega modullar ishi mantiqiysini tushunish muvaqqat aloqadorlikdan foydalanuvchi modular ishini tushunishdan ko‘ra, odamda murakkab, binobarin ularning texnologiklik ko‘rsatkichlari yanada past. Elementlar o‘rtasidagi aloqa kichik bo‘lsa yoki mavjud bo‘lmagan holatda ular tasodifiy aloqadorlikka ega hisoblanadi. Elementlari tasodifiy bog‘langan modul eng past texnologiklik ko‘rsatkichlariga egadir, chunki unga birlashtirilgan elementlar umuman bog‘lanmagan.
Keyingi uchta holatda moduldagi bir necha tagdasturlar o‘rtasidagi aloqa tashqi sabablar bilan shartlanganligiga e`tibor qarating. Oxirgisida esa umuman mavjud emas. Bu tegishli ravishda modullarning texnologik tavsiflariga o'tadi.
Amaliyotda funksional, ketmaket va axborot aloqadorlikdan foydalanish maqsadga muvofiq. Odatda, yaxshi o‘ylangan dekompozitsiyada iyerarxiyaning yuqori darajalari modullarining funksiyalari va ma lumotlari funksional yoki ketma-ket aloqadorlikka ega bo‘ladi. Malumotlarga xizmat ko‘rsatish modullari uchun funksiyalarning axborot aloqadorligi xosdir. Bunday modullarning ma’lumotlari turlicha bog‘lanishi mumkin. Jumladan, obyektli-mo‘ljalli yondashuvda sinflar bayoniga ega modullar usullarning axborot aloqadorligi va ma’lumotlarning funksional aloqadorligi bilan tavsiflanadi.
Dekompozitsiya jarayonida aloqadorlikning boshqa xillariga ega modullarni olish yetarlicha o‘ylanmagan loyihalashni anglatadi. Faqat resurslar kutubxonasi bundan mustasno.



Download 23,62 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 23,62 Kb.