• Modullarning skalyar ifodalari
  • MinMax funksiyasi
  • Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi




    Download 23,62 Kb.
    bet5/13
    Sana18.12.2023
    Hajmi23,62 Kb.
    #122019
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

    Modullarni ulash


    Ulash bu modullarni o‘zaro bog‘liqligining o'lchovi bo‘lib, modullar bir-biridan qanchalik yaxshi ajratilganligini belgilaydi. Modullar, agar ularning har biri boshqasi haqida hech qanday axborotga ega bo‘lmasa, mustaqildir.
    Modul boshqa modullar haqida qancha ko‘p axborotni saqlasa, u shunchalik ko‘p ular bilan ulashgan bo‘ladi.
    Modullar ulashuvining beshta tipi farqlanadi:

    • ma’lumotlar bo‘yicha;

    • namuna bo‘yicha;

    • boshqaruv bo‘yicha;

    • ma’lumotlarning umumiy sohasi bo‘yicha;

    • borlig‘i bo'yicha.



    Modullarning skalyar ifodalari


    Ma’lumotlar bo‘yicha ulashuv modullarning skalyar ifodalarda taqdim etilgan ma’lumotlar bilan almashinishlarini nazarda tutadi. Berilayotgan parametrlarning ko‘p bo‘lmagan miqdorida ushbu tip dasturiy ta’minotning eng yaxshi texnologik tavsiflarini ta’minlaydi.
    Namuna bo`yicha ulashuv modullarning tuzilmalarga birlashtirilgan ma’lumotlar bilan almashinishlarini nazarda tutadi.
    Mazkur tip ham yondosh bo‘lmagan tavsiflarni ta’minlaydi, biroq ular avvalgi tipdagidan ko‘ra yomonroq, zero muayyan berilayotgan ma’lumotlar tuzilmalarga
    ≪yashirilgan≫, shu boisdan modular o'rtasidagi aloqaning shaffofligi≫ kamayadi. Bundan tashqari, berilayotgan ma’lumotlar tuzilmasini o‘zgartirishda undan foydalanuvchi barcha modullarni modifikatsiyalash zarur.
    Boshqaruv bo'yicha ulashuvda bir modul boshqasiga modulning ichki mantig‘ini boshqarish uchun belgilangan qandaydir axborot obyekt (bayroq) yuboradi.
    Bunday sozlashlar, shuningdek modullar o'zaro ta’sirining ko‘rgazmaliligini pasaytiradi va shu boisdan avvalgi aloqalar tiplariga qiyosan ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot texnologikligining yanada yomon tavsiflarini ta’minlaydi.


    MinMax funksiyasi


    MinMax funksiyasi boshqaruv bo‘yicha ulashuvni nazarda tutadi, zero flag parametri ifodasi dastur mantig‘iga ta’sir ko‘rsatadi: agar MinMax funksiyasi true ga teng flag parametric ifodasini olsa, ikkitadan maksimal ifodani qaytaradi, agar false ni olsa, minimal ifodani qaytaradi:
    Function MinMax (a,b: integer; flag; boolean): integer; begin
    if (a>b) and (flag) then MinMax:=a else MinMax: = b;
    end;

    Download 23,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 23,62 Kb.