|
Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi
|
bet | 6/13 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 23,62 Kb. | | #122019 |
Ma’lumotlarning umumiy sohasi bo‘yicha ulashuv modullarni ulashda ma’lumotlarning umumiy sohasi bilan ishlashlarini nazarda tutadi. Ulashning ushbu tipidan foydalanish mumkin emas, zero:
mazkur ulashuv tipidan foydalanuvchi dasturlar dasturiy ta’minoti kuzatishda tushunish uchun o‘ta murakkab;
umumiy ma’lumotlarning o‘zgarishini keltirib chiqaradigan bitta modul xatosi boshqa modulni bajarishda paydo bo‘lishi mumkin, bu esa xatolarni bartaraf etishni jiddiy darajada murakkablashtiradi;
umumiy sohadagi ma’lumotlarga tayanishda modullarning muayyan nomlaridan foydalaniladi, bu esa ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot moslanuvchanligini kamaytiradi.
Mohiyatan ulashuv holatida bir modul boshqasining ichki komponentlariga murojaatga ega bo‘ladi (boshqaruvni ichkariga beradi, ichki ma’lumotlarni, kodlarni o‘zini o‘qiydi yoki o‘zgartiradi), bu esa blokli-iyerarxik yondashuvga tamomila ziddir. Ushbu holatda alohida modul blok (≪qora quti≫) bo‘la olmaydi: uning borlig‘I boshqa modulni ishlab chiqish jarayonida hisobga olinishi shart.
Protsedurali dasturlashning zamonaviy universal tillari, masalan Pascal, mazkur tipdagi ulashuvni oshkora tarzda quvvatlamaydi, biroq quyi darajadagi tillar, masalan Assembler uchun mazkur tipdagi ulashuv mumkinligicha qoladi.
Qoidaga ko‘ra, modullar o‘zaro bir necha usullar orqali ulashadi. Buni hisobga olgan holda dasturiy ta ’minot sifatini yomon tavsiflarga ega ulashuv bilan belgilash qabul qilingan. Xususan, ma’lumotlar bo‘yicha ulashuvdan va boshqaruv bo‘yicha ulashuvdan foydalanilgan taqdirda boshqaruv bo‘yicha ulashuv belgilovchi hisoblanadi. Ayrim hollarda modullar ulashuvini shart bo‘lmagan aloqalarni olib tashlagan va zarur aloqalarni tuzilmalashtirgan holda kichraytirish mumkin. Obyektga mo‘ljallangan dasturlashga misol sifatida, unda bitta miqdordagi parametrlar o'rniga mazkur usul obyekt maydonlari joylashgan soha (tuzilma) manzilini nooshkora, qo‘shish parametrlarni oshkora oladi. Natijada modular namuna bo‘yicha ulashgan bo‘lib qoladi.
|
| |