• Modellar tillari
  • Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi




    Download 23,62 Kb.
    bet12/13
    Sana18.12.2023
    Hajmi23,62 Kb.
    #122019
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

    Lokal optimallashtirish


    Har bir iyerarxiyali darajada bloklarning tavsiflanishi detallashtirishning ma’lum darajasi bilan bajariladi, ahamiyatga ega bo`lmagan detallardan mavhumlashgan holda amalga oshiriladi. Demak, har bir daraja uchun har bir blok tomonidan bajariladigan jarayonlar mohiyatini aks ettiruvchi hujjatlashtirishning o`z shakllari va o‘z modellaridan foydalaniladi. Shu tariqa umumiy obyekt uchun, odatda, faqat eng umumiy talablarni ifodalash mumkin bo‘ladi, quyi daraja bloklar esa, ulardan haqiqatda
    ham ishlaydigan obyektni yig‘ish mumkin bo'lgan darajada spetsifikatsiyalanishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, blok qanchalik katta bo‘lsa, uning
    tavsifi shunchalik mavhum bo'lishi kerak.
    Bu tamoyilga rioya qilgan holda, ishlab chiquvchi loyihani tushunib yetish imkoniyatini saqlab qoladi va demak, har bir bosqichda eng to‘g‘ri qaror qabul qilish mumkin, bu lokal optimallashtirish deb ataladi (haqiqatda ham murakkab obyektlar uchun har doim ham iloji bo‘lmagan obyektlar tavsiflarini global optimallashtirishdan farqli ravishda). Shuni nazarda tutish kerakki, texnologiyalarning tobora mukammallashgani sayin murakkab obyekt tushunchasi o'zgaradi va kecha murakkab bo'lgan narsa ertaga ham murakkab bo‘lib qolmaydi.
    Shunday qilib, blokli iyerarxiyali yondashuv asosida dekompozitsiya qandaydir iyerarxiyali tartiblashtirish mavjud. Shuningdek, quyidagi tamoyillar ham muhim ahamiyatga ega:

    • ziddiyatli emasligi — elementlarning o‘zaro kelishuvini nazorat qilish;

    • to‘liqlilik — ortiqcha elementlarning mavjudligini nazorat qilish;

    • formallashtirish — uslubiy yondashuvning qat’iyligi;

    • takrorlanish — ishlab chiqishni arzonlashtirish va tezlashtirish uchun bir xil bloklarni ajratishning zarurligi;

    • lokal optimallashtirish — iyerarxiyali darajasi doirasida optimallashtirish;



    Modellar tillari


    Modellar tillari, vazifalarning qo`yilishi, ba’zi iyerarxiyali darajasini tavsiflash usullarining majmuasini loyihalashtirish darajasi deb atash qabul qilingan. Loyihalashtirish jarayonidagi har bir obyektni, odatda, bir necha
    tomondan ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Loyihalashtirish obyektiga bo‘lgan turli qarashlarni loyihalashtirish aspektlari deb atash qabul qilingan.
    Blokli — iyerarxiyali yondashuvdan foydalanish murakkab tizimlar hosil qilinishiga imkon berishidan tashqari, shuningdek:

    • umuman tizimning, shuningdek, alohida bloklarning ishlash qobiliyatining tekshirilishini osonlashtiradi;

    • tizimlarni modernizatsiyalash, masalan, ishonchli bo`magan bloklar interfeyslarini saqlagan holda, ular almashtirishining imkoniyatini ta ’minlaydi. Shuni qayd etish kerakki, dasturiy tizimlarga nisbatan blokli — iyerarxiyali yondashuvdan foydalanish faqat yondashuvning umumiy qoidalari aniqlashtirilganidan va loyihalashtirish jarayoniga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritilganidan keyin mumkin bo‘lib qoldi. Bunda tarkibiy yondashuv faqat iyerarxiyaning ≪butun — qism≫ xususiyatlarini hisobga oladi, obyektli yondashuv esa iyerarxiyaning ≪sodda — murakkab≫ xususiyatlaridan foydalanadi.




    Download 23,62 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 23,62 Kb.