|
Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi
|
bet | 10/13 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 23,62 Kb. | | #122019 |
Resurslar kutubxonasi. Ikki tipdagi resurslar kutubxonasi farqlanadi: tagdasturlar kutubxonasi hamda sinflar kutubxonasi. Tagdasturlar kutubxonasi ahamiyati bo'yicha yaqin funksiyalarni ijobatlaydi, masalan axborotni grafik chiqarish kutubxonasi. Bunday kutubxonada tagdasturlarning o‘zaro aloqadorligi
mantiqiy, tagdasturlarning o‘z aloqadorligi esa funksional, chunki ularning har biri odatda bitta funksiyani ijobatlaydi. Sinflar kutubxonasi ahamiyatiga ko‘ra yaqin sinflarni ijobatlaydi.
Sinf elementlari aloqadorligi axborot, sinflarning o`zaro aloqadorligi qardosh yoki assotsialangan sinflar uchun funksional, boshqalari uchun mantiqiy bo‘lishi mumkin.
Resurslar kutubxonalari texnologik tavsiflarini yaxshilashning vositasi sifatida hozirgi paytda modul jismini interfeys qismga va amalga oshirish sohasiga ajratish (Pascal da — Interface va Implementation seksiyalari, h va cpp — fayllar C++ va Java da) keng qo'llanilmoqda.
Mazkur holatda interfeys qism resurslar e’lonlari jamlanmasini (tagdasturlar sarlavhalari, o‘zgaruvchanlar, tiplar, sinflar nomalari va h.k.) ichiga oladi, ularni tegishli kutubxona boshqa modullarga taqdim etadi. E’lonlari interfeys qismda mavjud bo‘lmagan resurslar tashqaridan daxlsiz. Amalga oshirish sohasi tagdasturlar jismlarini va ushbu tagdasturlar foydalanuvchi ichki resurslarni (tagdasturlar, o'zgaruvchan tiplarni) ham ehtimol qamrab olishi mumkin. Bunday tashkillashtirishda kutubxona amalga oshirivining har qanday o‘zgarishlari uning interfeysiga daxl qilmasa, kutubxona bilan bog‘liq modullarni qayta qarab chiqishni talab qilmaydi, bu esa kutubxonalar modullari texnologik tavsiflarni yaxshilaydi. Bundan tashqari, bu kabi kutubxonalar, qoidaga ko‘ra yaxshi sozlangan va o‘ylangan, chunki turli dasturlar tomonidan tez-tez foydalaniladi.
Murakkab tizimlarning yaratilishida blokli — iyerarxiyali yondashuv
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, murakkab tizimlarning ko‘pchiligi tabiatdagi kabi, texnikada ham iyerarxiyali ichki tuzilishga ega. Bu odatda, murakkab tizimlar
elementlarining aloqalari ham turi, ham kuchi bo‘yicha turliligi bilan bog‘liq, bu o‘z navbatida, shu tizimlarni o‘zaro bog‘liq kichik tizimlar qandaydir majmuasi sifatida qarash imkonini beradi. Bunday kichik tizimlar elementlarining
ichki aloqalari kichik tizimlar o`rtasidagi aloqalardan kuchliroq. Masalan, kompyuter protsessor, xotira va tashqi qurilmalardan iborat. Quyosh tizimiga esa, quyosh va uning atrofida aylanuvchi sayyoralar kiradi.
O‘z navbatida, aloqalarning shu farqidan foydalanib, har bir kichik tizimni yanada kichik tizimlarga bo'lish mumkin va shu tariqa eng quyi ≪elementar≫ darajagacha davom ettirish mumkin, shu bilan birga, komponentlarni elementar deb hisoblanishi kerak bo‘lgan darajani tanlash imkoniyati tadqiqotchiga beriladi.
Elementar darajada tizim qoidaga ko‘ra, turlicha kombinatsiyalangan va tashkil qilingan kichik tizimlarning ozgina turlaridan iborat. Bunday turdagi iyerarxiyalar
≪butunlik — qism≫ nomini olgan.
Tizimning butun holdagi xatti-harakati, odatda, alohida qismlarning xatti- harakatlaridan murakkabdir, shu bilan birga yanada kuchliroq ichki aloqalar tufayli tizimning xususiyatlari, asosan, uning qismlari sifatida emas, qismlari o‘rtasidagi munosabatlar bilan asoslangan.
|
| |