• Dekompozitsiya
  • ≪Oddiy va Murakkab≫ iyerarxiya




    Download 23,62 Kb.
    bet11/13
    Sana18.12.2023
    Hajmi23,62 Kb.
    #122019
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

    ≪Oddiy va Murakkab≫ iyerarxiya


    Tabiatda iyerarxiyaning yana bir turi mavjud — ≪oddiy va murakkab≫ iyerarxiya yoki evolyutsiya jarayonidagi tizimning rivojlanishi (murakkablashishi) iyerarxiyasi. Bu iyerarxiyada ishlaydigan har qanday tizim yanada soddaroq tizimning rivojlanish natijasidir. Iyerarxiyaning aynan shu turi obyektli — taxminiy dasturlashning meros qilib olingan mexanizmi orqali amalga
    oshiriladi. Ko‘p darajada tabiiy va texnik tizimlarning aks etishi bo‘lib, dasturiy tizimlar odatda, iyerarxiyali hisoblanadi, ya’ni yuqorida tavsiflangan
    xususiyatlarga ega. Iyerarxiyali tizimlarning bu xususiyatlariga ularni tadqiq qilish yoki yaratishga blokli — iyerarxiyali yondashuv quriladi. Bu yondashuv bunday obyektlarning qismlari (bloklar, modullar)ni yaratishni, keyin esa, ulardan obyektning o‘zini qurishni mo‘ljallaydi.


    Dekompozitsiya


    Murakkab obyektni nisbatan mustaqil qismlarga ajratish jarayoni dekompozitsiya nomini olgan. Dekompozitsiyada alohida qismlar ichidagi elementlar aloqasidan ko‘ra kuchsizroq bo‘lishi hisobga olinadi. Bundan tashqari, olingan qismlardan ishlab chiqilayotgan obyektni yig‘ish uchun dekompozitsiya jarayonida
    qismlar o‘rtasidagi aloqalarning barcha turlari belgilanishi kerak.
    Juda murakkab obyektlarni yaratishda dekompozitsiya jarayoni ko‘p marotalab bajariladi: har bir blok, o`z navbatida, ishlab chiqish nisbatan oson bo‘lgan bloklar olinmaguncha qismlarga ajratiladi. Ishlab chiqishning ushbu usuli qadam-baqadam detallashtirish nomini olgan.
    Shunisi ham ahamiyatliki, dekompozitsiyalash jarayonida umumiy asosda ishlab chiqish mumkin bo‘lgan o‘xshash bloklarni ajratishga harakat qiladilar. Shu tariqa,
    yuqorida eslab o‘tilganidek, kodlarning takrorlanish darajasining ortishi muvofiq ravishda, ishlab chiqish qiymatining pasayishi ta’minlanadi.
    Dekompozitsiyalash natijasi, odatda, iyerarxiyaning sxemasi sifatida taqdim etiladi, uning quyi darajasida nisbatan soda bloklar, yuqori darajasida ishlab chiqilishi kerak bo'lgan obyekt joylashtiriladi.



    Download 23,62 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 23,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ≪Oddiy va Murakkab≫ iyerarxiya

    Download 23,62 Kb.