|
Ma’lumotlar bazasining modellari turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #253342 |
Bog'liq malumotlar bazasi maruzaMa’lumotlar bazasining modellari turlari. MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bulishi mumkin. Har qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida karash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud: - Relyatsion model;
- Ierarxik model;
- Semantik model.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog’langan to`plamidan iborat. MB ning ierarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysunish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt (graf) ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi satxdagi bir necha tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq satxdagi bitta tugun bilan bog’langan bo’ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir. MB ning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U ham tugun, satx, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orqali “erkin”, ya’ni “har biri hamma bilan” ma’noli bog’lanish qabul qilingan. MB alohida olingan modullardan tashkil topgan. MB boshqarish bloki disklardagi ma'lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so`rovi (guery) orasidagi intеrfеysni aniqlaydi. Modullar quyidagicha: - Fayl mеnеdjеri - ma'lumotlar to`zilmasi bilan disklar o`rtasidagi bog`lanishni boshqaradi.
- Guery - prosеssor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.
Prеkompilyator DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo`lib, u quyidagi opеratsiyalarga javob bеradi: - 1. MB dan ma'lumotlarni ajratib olish,
- 2. MB ga ma'lumotlarni kiritish,
- 3. MB dan ma'lumotlarni olib tashlash,
- 4. MB ni modifikatsiya (o`zgartirishlar) qilish.
|
| |