|
Relyatsion, ierarxik va semantik tarmoq
|
bet | 11/80 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 2,76 Mb. | | #108480 |
Bog'liq 1-10Relyatsion, ierarxik va semantik tarmoq.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. eng sodda xolda u ikki o`lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo`ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog`langan to`plamidan iborat.
MBning ierarxik modeli pastki pog`onadagi yuqori pog`onadagiga bo`ysinish tartibida joylashgan elementlar to`plamidan iborat bo`ladi va ag`darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model satx,tugun,bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi.
MBning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga uxshashdir. U xam tugun, satx, bog`lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orqali «erkin», ya’ni «xar biri xamma bilan» ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
IYERARXIK TIZIMLAR
IBM firmasining Informatsion Management System (IMS) tizimi ko‘p tarqalgan va taniqli tiрik vakili bo‘ladi. Uning birinchi varianti 1968-yilda paydo bo‘lgan. Hozirgacha ko‘pgina ma’lumotlar bazasi u bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu MBda yangi texnologiyaga va yangi texnikaga o‘tishda yetarlicha muammolarni hal qilishga olib keladi.
TARMOQLI TIZIMLAR
Bu tizimning tiрik vakili lntegrated Database Management System (IDMS) tizimidir. 1970-yillar bir nechta tizimlar yaratildi, ular orasida IDMS ham bor edi. Bu tizim ko‘pchilik operatsion tizimlarni boshqarishda IBM firmasi mashinalarini ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tizimning arxitekturasi Integrated Database Management System (IDMS) dasturlash tili bo‘yicha Conference on Data Systems Languages (CODASYL) tashkiloti taklifiga ko‘ra tuzilgan. Bu tashkilot Kobol dasturlash tiliga mas’uldir.
Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini qanday bo`lishini (qurilishi) o`rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, Amerika standartlashtirish instituti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo`lib chiqdi.
|
| |