Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi




Download 9.82 Mb.
bet3/142
Sana26.08.2022
Hajmi9.82 Mb.
#25409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
GAT
1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111

Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi


Geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar oʻrtasida Kanadada paydo boʻlib, Kanada geografik axborot tizimi (Canadian Geographic Information System CGIS) deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari inventarizatsiyasini oʻtkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va kelajakdagi potensialini aniqlashdan iborat edi.
Hozirda rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi koʻplab ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, tabiiy resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa sohalarda qoʻllanilib kelmoqda. Geoaxborot tizimi bizning sayyoramizga tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi materiallarini kuzatish, burgʻulash natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni integrallashtirgan holda hamma jabhalarni egallab kelmoqda. Geoaxborot tizimini kengroq rivojlantirishda xalqaro assotsiatsiyalar (BMT, YeH va b.), davlat uyushmalari, vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, ilmiy institutlar hamda xususiy firmalar qatnashmoqdalar.

Koʻplab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan boʻlib, ularning vazifalariga geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy rejalashtirish, huquqiy muammolarni oʻz ichiga olgan geografik axborotlarni sir saqlagan holda yigʻish hamda tarqatish va boshqalar kiradi.


Oʻzbekistonda 1991–1992-yillarda Oʻzdavgeologqoʻmita fondi tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratishni oʻz ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999-yillarda
„GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri uchun 1:25000 masshtabda, Fargʻona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va Oʻzbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT loyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa Oʻzbekistonning 1:1000000 va Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi.
Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan toʻliq tuzib boʻlindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablagʻ va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning oʻrni katta. OʻzGASHKLITI da qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. Hozirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi doirasida ham Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish boʻyicha ishlar boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi – Milliy geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan axborot resurslari kompleksini oʻzida aks ettiradi.

Download 9.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Download 9.82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi

Download 9.82 Mb.