• Tahlil va natijalar.
  • INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA Iqtisodiyot va talim / 2022-yil 3-son
  • Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish




    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/10
    Sana23.02.2023
    Hajmi1.23 Mb.
    #43258
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]
    Tadqiqot metodologiyasi.
    Tadqiqot jarayo-
    nida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, 
    deduktik, mantiqiy, monitoring, ekspress-baholash 
    va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi. O‘rganil-
    gan adabiyotlar natijasida mavzu to‘liq yoritib 
    berildi. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda olib 
    borilayotgan islohotlar ko‘rib chiqildi. Jadvallarda 
    tegishlicha shakllantirildi va solishtirildi. 
    Tahlil va natijalar. 
    Davlatimiz mustaqillikka 
    erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga 
    o‘tishning o‘ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan 
    bormoqda. Bu yo‘lda investitsiya siyosatining aha-
    miyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodi-
    yotda tarkibiy o‘zgarishlar, texnik va texnologik 
    yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishla-
    rini amalga oshirishni rag‘batlantiradi, mamlakat 
    eksport va import salohiyatini oshirishga imkon 
    yaratadi. Shu jihatdan O‘zbekiston davlati o‘z tuzil-
    maviy investitsiya siyosatini olib bormoqda [11].
    Investitsiya siyosati iqtisodiyotning ustuvor 
    tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvatlash, mar-
    kazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlash-
    gan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustuvor investit-
    sion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan me-
    xanizm, uslublar yig‘indisi hisoblanadi. Davlat in-
    vestitsiya siyosatini amalga oshirishda ko‘proq 
    ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy inves-
    titsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda 
    mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni 
    INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA 


    Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
     
     97 
    tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya 
    ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari 
    uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga 
    qaratilgan. Davlat investitsiya siyosati hududlar, 
    tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib 
    topib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Hududlar investitsiya 
    siyosati investitsiya’ni sarflashda aholi, hudud va 
    investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali 
    ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladi-
    gan chora-tadbirlar majmuyidir. Tarmoq investit-
    siya siyosati esa mamlakat iqtisodiyotining rivojla-
    nishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulot-
    larini eskport qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab 
    chiqarishni yo‘lga qo‘yish, fan-texnika taraqqiyotini 
    investitsiya yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hisobla-
    nadi. 
    O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiri-
    tish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobi-
    dan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal 
    modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
    jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivoj-
    lantirish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini 
    barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarga 
    aylandi. 
    Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoq-
    larida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning 
    zarurati quyidagilardan kelib chiqadi:

    ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va 
    ma'naviy eskirganligi, ularning qayta tiklash yoki 
    texnik jihatdan qayta jihozlashga yoxud umuman 
    yangilashga oid bo‘lib qolganligi;

    sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasi-
    ning o‘ta pastligi va ko‘pgina zarar ko‘rib ishlaydi-
    gan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy 
    daromadida jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi 
    nisbatning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayot-
    gani va jamg‘arishning investitsiya manbayi sifatida 
    kamayib borayotganligi;

    O‘zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi 
    va bu yerda ko‘plab qayta ishlovchi korxonalarni 
    qurish imkoniyatining mavjudligi;

    aholi sonining o‘sib borayotganligi (mehnat 
    resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalar-
    ni barpo etish, ularni mehnat resurslarining man-
    bayi bo‘lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi
    respublika eksportida xomashyo salmog‘ini kamay-
    tirish va ko‘plab tayyor mahsulotlar chiqarish imko-
    niyatiga ega bo‘lish zarurligi va shu kabilar. 
    Mahalliy investorlar investitsiya faoliyatini 
    amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro-
    lari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga 
    ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lma-
    gan shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbir-
    korlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 
    yuridik shaxslaridir [11]. 
    2020-yilning yanvar-dekabr oylarida investit-
    sion faollikning pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga 
    o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2019-yilning 
    mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 %ni tashkil 
    etdi. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 202,0 
    trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiri-
    lib, ularning 65,4 %i yoki 132,0 trln. so‘mi jalb etil-
    gan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, 
    korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hiso-
    bidan 34,6 % yoki 70,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.
    Jami investitsiyalar hajmida markazlashgan 
    moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashti-
    rilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 
    2020-yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,0 % 
    punktga kamayib, 19,5 %ni yoki 39 310,2 mlrd. 
    so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan 
    moliyalashtirish manbalari hisobidan 162 289,9 
    mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 80,5 % 
    investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos dav-
    ridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0 % punktga ko‘pay-
    di. Markazlshmagan investitsiyalar – 162 689,9 
    mlrd. so‘m.
    O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xori-
    jiy kreditlar – 22 467,1 mlrd. so‘m. Asosiy kapitalga 
    o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar – 86 
    647,0 mlrd. so‘m. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investit-
    siya va kreditlar 64 179,9 mlrd. so‘m. 2020-yilning 
    yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning 
    o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy 
    kapitalga investitsiyalar – 51 911,3 mlrd. so‘m yoki 
    jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 %ini 
    tashkil etdi.
    Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapi-
    talga investitsiyalarning 8,9 %i yoki 18 077,8 mlrd. 
    so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investit-
    siyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar haj-
    mi 28 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019-yil-
    ning mos davriga nisbatan 5,3 % punktga kamayib, 
    14,2 %ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari 
    kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 28 
    520,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiya-
    larning 14,1 %ini tashkil etib, 2019-yilning mos 
    davriga nisbatan 0,3 % punktga kamaydi), O‘zbekis-
    ton Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 
    22 467,1 mlrd. so‘m (11,1 % va 3,1 % punktiga ka-
    maydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investit-
    siya va kreditlar 35 439,4 mlrd. so‘m (17,6 % va 7,6 
    % punktga ko‘paydi), Tiklanish va taraqqiyot jam-
    g‘armasi 1 814,6 mlrd. so‘m (0,9 % va 2,5 % punkt-
    ga kamaydi), Respublika budjeti 13 081,3 mlrd. 
    so‘m (6,5 % va 2,5 % punktga kamaygan), suv ta’mi-
    noti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jam-
    g‘armasi tomonidan 1 947,2 mlrd. so‘m (1,0 % va 
    0,1 % punktga ko‘payish) miqdorida asosiy kapital-
    ga inestitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga in-
    vestitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish man-
    balari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlan-
    magan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda 
    kuzatilib, 2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi.
    Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqa-
    rishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar, 

    Download 1.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish

    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish