|
Ma'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari
|
bet | 1/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 113,5 Kb. | | #249950 |
Bog'liq Ma\'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari
Ma'naviy hayotda axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari
Reja:
Ma'naviy hayotda axbarotlashuv
Ijtimoiy munosabatlar turlari.
3.Axbarotlashuv va modirezatsiya jarayonlari.
Ma'naviy hayotda axbarotlashuv
Sotsiologiya faninnng tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o’rin kasb etadi. Chunki u orqali jamiyat a’zolari bir-birlari bilan ma’lum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiyadagi bu maxsus soxa o’zning uta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan tulik ilmiy va sistemali ravishda urganilmagan va ilmiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo’lning asosiy sabablaridan birinchisi, sobik Ittifoq falsafiy-sotsiologik adabiyotida bu masalani bir yoklama talqin qilinishi bo’lsa, ikkinchisi ilgor g’arb adabiyotining bu soxasi bo’yicha tadqiqotlarning tulik ma’lumotlarini bizda o’qligidir.
Sotsial munosabatlar tushunchasini o’zi hali sotsiologiya fanida aniq va ilimiy tarifini g’ozircha topa olgani yuk. Avvalambor shuni ta’kidlash zarurki, sotsial munosabatlar ko’pincha ijtimoiy munosabatlar tushunchasi bilan tenlashtiriladi yoki sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko’rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlilqilinadigan bo’lsa shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida ko’rsatilgan fikrlarda qimmatli asos borligini bilish mumkin.
Tor ma’noda sotsial munosabatlarning bir muhim elementi va turi deb interpritatsiya qilinadi. Sotsial munosabatlar keng ma’noda quyidagicha ta’rif bilan belgilanadi.
Sotsial munosabatlar bu tabiat hodisalaridan o’laroq bo’lib, unda ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir.
O. Kont o’zining pozitivistik ta’limotida sotsial munosabatlar muammolarini xuddi biologik hodisalar metodi bilan o’rganish prinsiplarini keng targ’ib qiladi. Pozitivistik-naturalistik yo’nalishning ashaddiy rakibi bo’lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial xayot va sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin qilinganligi uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning va jiddiy kamchilik va jiddiy xatoliklarni bartaraf etish uchun fenomenologik sotsiologiya inson ongining faolligi bu muammo yechimining asosiy omili deb isbotlashga intiladi.
Bu yo’nalish vakillarining fikricha faqatgina insonning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni va sotsial munosabatlarni konstruksiyalash (yaratish) mumkin bo’ladi. Chunki sotsial reallik va sotsial munosabatlar insonning interpretatsion faoliyati orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli vakillaridan biri D. Silverman yuqoridagi g’oyalarni asoslash uchun pozitivistik sotsiologiya nazariyasini tankil qiladi.
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar utdi, yangi jug’rofiy-siyosiy makomlar paydo bo’ldilar. Eng muhimi esa totalitar tizimi barham topib yangi davlatlar vujudga kelishdi, yangi jamiyatda bir partiyaviylikni xukmronligi yemirildi va mustaqil suveren davlatlar barpo bo’ldilar. Endi esa jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip orqali tatqiq qilish davri keldi. Bu prinsip orqali, sotsial munosabatlarni muammo va vazifalarni turlicha tahlilqilish imkoniyati tugildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning hosili sifatida respublikamizda sotsial munosabatlar muammolari jaxon ilmiy tafakko’rining har-xil yo’nalishlarini natijalari asosida tatqiq qilinayotganligini ajratib ko’rsatish mumkin. Xulosa qilib aytganda sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tatqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu muammoni konkret sotsiologik tadqiqot bilan o’rganish joiz. Chunki sotsiologiya nafaqat bu muammoni, balki butun ijtimoiy xayot jarayonlarini keng qamrovda kompleks harakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi.
|
| |